23:56 / 24.12.2024
28

Buyuk Britaniya Bashar Asadning rafiqasini qabul qilishga tayyor emas

Buyuk Britaniya Bashar Asadning rafiqasini qabul qilishga tayyor emas
Foto: Reuters
Bashar Asadning rafiqasi mamlakatga qaytishni istasa, Buyuk Britaniya uni qabul qilishga tayyor emas. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Turkiya va arab OAVlari xabar qilishicha, Asma Asad 24 yillik nikohdan so‘ng ajralish haqida ariza bergan va Londonda yangi hayot boshlashni xohlayotganini aytgan. Asma qon saratonining og‘ir shakliga chalingan. U davolanish uchun turmushga chiqqunga qadar yashagan Britaniyaga bormoqchi. Asma Asad mamlakatga kirish uchun eri bilan ajrashishi kerak. Chunki “ajrashish mamlakatga kirish uchun asosiy shart” hisoblanadi.

Shuningdek, Asma Asad sud orqali Moskvadan chiqib ketishga ruxsat olmoqchi. Biroq amaldagi taqiqning aniq sabablari oshkor etilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu Rossiyada boshpana olish uchun hujjatlar vaqtincha olib qo‘yilgani bilan bog‘liq. Bashar Asadning o‘zi Rossiyada qattiq cheklovlarga duch kelayotgani aytilmoqda.

Unga Moskva hududini tark etish va biron-bir siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Bundan tashqari, Rossiya hukumati Bashar Asadning moliyaviy aktivlariga kirishni muzlatib qo‘ygan. Shunga o‘xshash holat uning ukasi Mohir Asadga ham tegishli bo‘lib, uning boshpana olish haqidagi arizasi hali ham ko‘rib chiqilmoqda.

Asma Suriya va Britaniya fuqaroligiga egaligiga qaramay, Buyuk Britaniya TIV rahbari Devid Lemmi shunday dedi:
So‘nggi kunlarda Asma Asad mamlakatimizga kirishga urinayotgani haqida eshitdim. U sanksiyalar ostida ekanligini va Buyuk Britaniyada xush ko‘rilmaydigan shaxs ekanligini ta’kidlab o‘tmoqchiman”.

Asmaning ikki fuqaroligi bo‘lgani sababli, uning Britaniya fuqaroligi bekor qilinishi mumkin. Biroq qirollik bosh vaziri Kir Starmer Asad rejimi qulaganidan ko‘p o‘tmay, Asmani Britaniya fuqaroligidan mahrum qilish haqida gapirish hali erta ekanligini aytgan.

Biz qaror qabul qilish uchun juda erta bosqichda turibmiz”, dedi Starmer.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya Bashar Asadning rafiqasini qabul qilishga tayyor emas