Foto: AP
Iroq hukumati 2026 yil oxirigacha Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish talabini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda G‘arb OAVlari xabar berdi.
Mamlakatdagi Eron tarafdorlari bo‘lgan siyosatchilar uzoq vaqtdan beri AQSH bilan xavfsizlik munosabatlarini uzishga chaqirib kelgan. Biroq Bag‘dod rasmiylarining fikricha, Suriyadagi so‘nggi voqealar vaziyatni butunlay o‘zgartirib yubordi va endi ular G‘arb harbiy yordamiga muhtoj. Vashington tomon bir qadam sifatida Iroq rahbariyati hatto mahalliy Eron tarafdorlaridan iborat guruhlar bilan Isroil tomon raketa va dronlarni uchirishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Mahalliy rasmiylar The Washington Post gazetasiga ma’lum qilishlaricha, Iroq hukumati xavfsizlik sohasida Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqidagi fikrini o‘zgartirgan. Ularga ko‘ra, “mintaqada sodir bo‘lgan so‘nggi voqealardan so‘ng” Bag‘dod AQSH qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha ilgari ilgari surilgan muddatlardan voz kechishni ko‘rib chiqmoqda.
“Men haqiqatan ham Iroqdan Amerika harbiy missiyasi muddatini uzaytirishni rasman talab qilishini kutaman”, deydi The Washington Post manbalaridan biri.
Qayd etilishicha, Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy ham, hukumatning quyi mansabdor shaxslari ham AQSHning Suriya bilan chegara yaqinida razvedka ma’lumotlarini joylashtirish kabi so‘rovlarini qondirishga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi