Foto: “Oxu.az”
So‘nggi ikki yarim oy ichida Pokistonning Parachinor shahrida tegishli tibbiy yordam hamda oziq-ovqat yetib bormasligi oqibatida 100 dan ortiq bola vafot etgan.
Geo TV telekanalining mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berishicha, qabilalararo mojaro tufayli yo‘llar to‘silgani sababli mahalliy aholi zaruriy ehtiyojlardan foydalana olmayapti.
Qayd etilishicha, oktyabr oyida shia qabilasi vakillari o‘zlariga raqib deb bilgan — sunniylardan iborat karvonga hujum qilib, 10 dan ortiq kishini o‘ldirganidan so‘ng, xavfsizlik chorasi sifatida shaharga olib boruvchi yo‘llar, shu jumladan, Peshovar—Qurram asosiy magistrali yopib qo‘yilgan.
“Yo‘llarning to‘silishi tufayli aholi tibbiy xizmat va oziq-ovqat kabi asosiy ehtiyojlardan mahrum bo‘lgan. 100 dan ortiq bola tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli vafot etgan”, deydi Yuqori Qurram texsili (tumani) rahbari Og‘o Muzamil.
Telekanalning aniqlik kiritishicha, mahalliy aholi olti kundan buyon yo‘llarning to‘sib qo‘yilishiga qarshi norozilik bildirib, aloqa yo‘llarini tiklash uchun shoshilinch choralar ko‘rishni talab qilmoqda. Xaybar-Paxtunxva viloyati bosh vaziri yordamchisi Muhammad Ali Sayfning aytishicha, Parachinor yo‘lini qo‘riqlash uchun maxsus politsiya bo‘linmasi tuzilgan.
Hukumat bemorlarni ko‘chirish va dori-darmonlarni yetkazib berish uchun vertolyotlardan foydalanmoqda, biroq mahalliy aholi buni yetarli deb hisoblamayapti. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda bevosita to‘qnashuvlarda 130 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi