Foto: Reuters
Rim papasi Fransisk katolik mamlakatlarida 25 dekabr kuni nishonlanadigan Rojdestvo bayrami munosabati bilan nutq so‘zladi. Yepiskop Rossiya—Ukraina mojarosini yakunlashga chaqirdi.
“Bu Rojdestvoda men har bir insonni, shuningdek, barcha xalqlar va elatlarni qurol ovozini o‘chirish va kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun o‘zlarida jasorat topishga chaqiraman”, dedi Papa Fransisk.
Shuningdek, u Ukrainadagi mojaro tomonlarini tinchlik o‘rnatish uchun muzokaralar va muloqotga ochiq bo‘lishga chaqirdi.
Pontifik Rojdestvo bayramidagi nutqida Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatishga ham chaqirdi. Shuningdek, u Afrika davlatlariga gumanitar yordamni kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi. Rim papasining so‘zlariga ko‘ra, u yerdagi gumanitar vaziyatning yomonlashuvi qurolli mojarolar, terrorizm va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainadagi urush 2025 yilda ikki xil yo‘l bilan tugashi mumkinligini aytib o‘tgandi.
“Jangovar harakatlar 2025 yilga kelib yakuniga yetadi. Bu yo tinchlik bitimi bilan, yo mojaro tomonlaridan birining yo‘q qilinishi bilan tugaydi”, dedi siyosatchi.
Unga ko‘ra, G‘arbning Ukrainaga sarflagan mablag‘lari behuda ketgan, oqibatda mamlakat o‘z iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qodir emas. Germaniya va Fransiyadagi siyosiy inqirozlar esa G‘arbning noto‘g‘ri strategiyasi oqibatlarining boshlanishi, xolos. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi