
© Mangistau viloyati hokimligi matbuot xizmati
Qozogʻistondagi aviahalokatdan jabrlangan 3 nafar Ozarbayjon fuqarosi reanimatsiyada, boshqa jarohatlangan fuqarolarning sogʻligʻi qoniqarli deb baholanmoqda, ular yaqin kunlarda uylariga etkaziladi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Kamoleddin Haydarovning soʻzlariga koʻra, reanimatsiyada boʻlgan uch kishidan tashqari, qolgan jabrlanganlarning sogʻligʻi qoniqarli deb baholanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari, shuningdek, shifokorlar tavsiyalaridan kelib chiqib, engil tan jarohati olgan jabrlanganlar yaqin kunlarda psixologik holatini inobatga olgan holda vataniga etkazilishini ham qayd etdi.
Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida yoʻlovchi samolyotining qulashi munosabati bilan Ozarbayjonda motam kuni boshlandi.
“25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uchayotgan "Embraer 190" yoʻlovchi samolyoti halokatga uchraganligi munosabati bilan 26 dekabr kuni Ozarbayjonda motam e'lon qilindi”, — deyiladi Ozarbayjon prezidentining tegishli farmoyishida.
Sputnik Ozarbayjonning Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, ayni paytda boshqarma ma'muriy binosida halok boʻlganlarning yaqin qarindoshlarining DNK tahlili oʻtkazilmoqda.
Aviahalokat natijasida 38 kishi halok boʻldi. Samolyotda 67 kishi - 62 yoʻlovchi va 5 ekipaj a'zosi boʻlgan. Samolyotda boʻlgan 37 nafar Ozarbayjon fuqarosidan 23 nafari halok boʻlgan, 14 nafari tirik qolgan. Qirgʻizistondan kelgan uch nafar yoʻlovchi ham tirik qolgan. 16 nafar Rossiya fuqarosidan etti nafari halok boʻldi, toʻqqiz nafari tirik qoldi. Samolyotdagi barcha olti Qozogʻiston fuqarosi halok boʻlgan. Parvoz ekipaji besh kishidan iborat edi: ulardan ikkitasi halok boʻldi, uchtasi omon qoldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar