date 13:43 / 26.12.2024
views 391

Bashar Asadning rafiqasi Asmaning sogʻligʻi ogʻirlashdi, u oʻlmoqda...

Bashar Asadning rafiqasi Asmaning sogʻligʻi ogʻirlashdi, u oʻlmoqda...
Foto: AP Photo
Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad oʻtkir mielogen leykemiya (oqqon) tashxisi tufayli Moskvada izolyatsiyaga olindi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Asma Asadga boshqa odamlar bilan muloqot qilish taqiqlangan. Kasallik boshqalarga yuqishining oldini olish uchun u izolyatsiyaga olingan. Unda qon saratoni boshlangani aytilmoqda. Asmaga boshqa odamlar bilan bir xonada boʻlish mumkin emas. Uning omon qolish ehtimoli 50 ga 50.

"Asma oʻlmoqda. U hech kim bilan bir xonada boʻla olmayapti", deya ma'lum qildi nashr manbalari.

U ilgari koʻkrak bezi saratonidan davolangani va 2019 yil avgust oyida bir yillik davolanishdan soʻng kasallikdan “toʻliq” xalos boʻlganini e'lon qilgan. 2024 yil may oyida Suriya prezidenti administratsiyasi Asmaga oʻtkir mieloid leykoz tashxisini qoʻygan.

Asma davolanish uchun Britaniyaga bormoqchi edi

Ta'kidlanishicha, Asma davolanish uchun eridan oldinroq Moskvaga kelgan. Suriyada isyonchilar hujumidan soʻng Bashar Asad Moskvaga qochgandi. Turkiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari Asma eri bilan ajrashish jarayonida ekanini xabar qilgan.

Shundan soʻng Asma Asad sud orqali Moskvadan chiqib ketishga ruxsat olmoqchi. U Buyuk Britaniyada davolanishi haqida xabar tarqalgan. Taxminlarga koʻra, Asadlar oilasi Rossiyada boshpana olgani uchun hujjatlari vaqtincha olib qoʻyilgan. Bu esa xorijga chiqish imkonini bermaydi.

Britaniya uni qabul qilishga tayyor emas

Asma Suriya va Britaniya fuqaroligiga egaligiga qaramay, Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi shunday dedi: “Soʻnggi kunlarda Asma Asad mamlakatimizga kirishga urinayotgani haqida eshitdim. U sanktsiyalar ostida ekanini va Buyuk Britaniyada xush koʻrilmaydigan shaxs ekanini ta'kidlab oʻtmoqchiman”.

Asmaning ikki fuqaroligi boʻlgani sababli uning Britaniya fuqaroligi bekor qilinishi mumkin. Biroq qirollik bosh vaziri Kir Starmer Asad rejimi qulaganidan koʻp oʻtmay, Asmani Britaniya fuqaroligidan mahrum qilish haqida gapirish hali erta ekanligini aytgan.

Biz qaror qabul qilish uchun juda erta bosqichda turibmiz”, dedi Starmer.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo