
Foto: RBK
2024 yilda Qozogʻiston armiyasi 100 dan ortiq jangovar texnika va samolyotlarni qabul qildi, deb xabar berdi Respublika Mudofaa vazirligi.
Qozogʻiston Turkiyaning “Bayraktar” dronlarini ham olish niyatida. Avvaliga armiyani dronlar bilan qurollantirish, keyinroq esa dronlarni Qozogʻistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Qozogʻiston mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov Baykar Defence ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayrakdar bilan dronlarni etkazib berish masalasini muhokama qildi.
Ular Istanbuldagi Saha Expo koʻrgazmasida uchrashishdi. Qozogʻiston harbiy delegatsiyasi Turkiyaning “Havelsan” (mudofaa sohasi uchun elektron uskunalar va dasturiy ta'minot ishlab chiqaradi), “Aselsan” (havo, quruqlik va dengiz kuchlari uchun mahsulotlar chiqaradi) hamda “Transvaro” qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalari zavodlarida ham boʻldi.
Muzokaralar natijasida Baykar Qozogʻistonga Bayraktar Kalkan, Bayraktar Mini dronlari va Mosquiti-X oʻq-dorilarini harbiy sinovlar uchun bepul taqdim etishi haqida protokol imzolandi. Qancha qurilmalar etkazib berilishi va qaysi vaqt oraligʻida etkazilishi ma'lum qilinmagan.
Hozirgi vaqtda Qozogʻiston armiyasi Sovet Ittifoqining “Buk-M2E”, “Tor-M2K” zenit-raketa komplekslari, Belarusiyaning “Rosa-RB”, “Platforma” radiolokatsion stantsiyalari, shuningdek, Qozogʻistonning “Nur” radarlari bilan qurollangan.
Noyabr oyida Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev Ukrainadagi vaziyat fonida mamlakatdagi muhim fuqarolik va harbiy ob'ektlarni zudlik bilan qoʻriqlashni buyurgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar