Putin gazni Polsha orqali Yevropaga yetkazib berishni taklif qildi

Foto: Liga.net
Rossiya prezidenti Vladimir Putin gazni Polsha orqali Yevropa davlatlariga yetkazib berishni taklif qildi. Bu haqda “Kommersant'” xabar berdi.
Putinning soʻzlariga koʻra, Ukraina orqali gaz tranziti boʻyicha shartnoma yangi yilga bir necha kun qolganda uzaytirilmaydi. Moskva har qanday kontragent bilan shartnoma boʻyicha tranzitni davom ettirishga tayyor. Ukraina Rossiyadan tashqari har qanday davlatdan gazni Yevropaga yetkazib berishga roziligini aytgan.
“Shartnoma yoʻq va uch-toʻrt kun ichida uni tuzish mumkin emas. U boʻlmaydi”, dedi Putin.
U Rossiya hech qachon Yevropaga gaz yetkazib berishdan bosh tortmaganini va “iqtisodiy masalalarni siyosiylashtirmaslik” tarafdori ekanini ta'kidladi.
“Polsha oʻz hududi orqali marshrutni yopdi — u yerda faol marshrut ham bor, unga hech kim zarar yetkazmagan, hech qanday portlashlar boʻlmagan, u ishlayapti, faqat tugmani bosish kifoya — shunda hammasi Polsha hududi orqali oʻtadi. U Yamal-Yevropa deb ataladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Polsha hududidan oʻtadi. Marhamat, ertaga ishga tushiring — biz yetkazib beramiz”, dedi Rossiya prezidenti.
Ukraina hududi orqali Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma 2024 yil oxirida tugaydi. Ukraina uni uzaytirishni istamasligini ma'lum qilgan. “Gazprom” bilan tranzit boʻyicha kelishuv 2019 yildan beri amal qilmoqda.
Bundan tashqari, Rossiya neftini Ukraina orqali Yevropa ittifoqiga “Drujba” neft quvuri orqali ham yetkazib beradi. Ukrainaning “Ukrtransafta” va Rossiyaning “Transneft” kompaniyalari oʻrtasidagi shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rossiya prezidenti Vladimir Putin gazni Polsha orqali Yevropa davlatlariga yetkazib berishni taklif qildi. Bu haqda “Kommersant'” xabar berdi.
Putinning soʻzlariga koʻra, Ukraina orqali gaz tranziti boʻyicha shartnoma yangi yilga bir necha kun qolganda uzaytirilmaydi. Moskva har qanday kontragent bilan shartnoma boʻyicha tranzitni davom ettirishga tayyor. Ukraina Rossiyadan tashqari har qanday davlatdan gazni Yevropaga yetkazib berishga roziligini aytgan.
“Shartnoma yoʻq va uch-toʻrt kun ichida uni tuzish mumkin emas. U boʻlmaydi”, dedi Putin.
U Rossiya hech qachon Yevropaga gaz yetkazib berishdan bosh tortmaganini va “iqtisodiy masalalarni siyosiylashtirmaslik” tarafdori ekanini ta'kidladi.
“Polsha oʻz hududi orqali marshrutni yopdi — u yerda faol marshrut ham bor, unga hech kim zarar yetkazmagan, hech qanday portlashlar boʻlmagan, u ishlayapti, faqat tugmani bosish kifoya — shunda hammasi Polsha hududi orqali oʻtadi. U Yamal-Yevropa deb ataladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Polsha hududidan oʻtadi. Marhamat, ertaga ishga tushiring — biz yetkazib beramiz”, dedi Rossiya prezidenti.
Ukraina hududi orqali Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma 2024 yil oxirida tugaydi. Ukraina uni uzaytirishni istamasligini ma'lum qilgan. “Gazprom” bilan tranzit boʻyicha kelishuv 2019 yildan beri amal qilmoqda.
Bundan tashqari, Rossiya neftini Ukraina orqali Yevropa ittifoqiga “Drujba” neft quvuri orqali ham yetkazib beradi. Ukrainaning “Ukrtransafta” va Rossiyaning “Transneft” kompaniyalari oʻrtasidagi shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…