
Foto: NBC News
Shimoliy Koreya Moskvaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Rossiyaga qoʻshimcha askar va harbiy texnika joʻnatishga tayyorlanmoqda, deya Voice of America xabar berdi.
Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlariga koʻra, Rossiyaga bir necha minglab qoʻshin joʻnatgan Pxenyanning yoʻqotishlari 1100 kishini tashkil qilmoqda.
Shuningdek, Shimoliy Koreya Rossiyaga oʻz qoʻshinlarini joylashtirish yoki koʻpaytirishga tayyorlanmoqda, shu bilan birga, 240 mm li raketa va 170 mm li oʻziyurar artilleriya bilan ta'minlashi kutilmoqda.
Birlashgan shtablar boshliqlari rasmiysi Reuters agentligiga “kamikadze dronlari Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In e'tibor qaratayotgan muhim vazifalaridan biri” ekanini ta'kidladi. Xodimning qoʻshimcha qilishicha, Pxenyan ularni Rossiyaga topshirish niyatini bildirgan.
Noyabr oyida Kim Chen In kamikadze dronlarini sinovdan oʻtkazishni nazorat qilib, ularni ommaviy ishlab chiqarishga chaqirgan edi.
Birlashgan qoʻmita Shimoliy Koreya tomondan hech qanday provokatsiya alomatlari aniqlanmagan boʻlsa-da, Pxenyan partiyaning yakuniy yillik plenumiga bagʻishlangan qandaydir harakatlarni amalga oshirishi, masalan, gipertovushli oʻrta masofali ballistik raketani uchirishi mumkinligini ta'kidladi.
Ukraina armiyasi Rossiya Ukrainada Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari borligini ularga soxta hujjatlar berish orqali yashirishga urinayotganini ma'lum qilgan.
Avvalroq Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi jang qilgan va asirga olingan KXDR askari olgan jarohatlaridan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
“Biz doʻst mamlakatning razvedka tashkilotidan 26 dekabr kuni tiriklayin qoʻlga olingan Shimoliy Koreya askari jarohatlari ogʻirlashgani sababli bir oz vaqt oldin vafot etgani haqida tasdiqnoma oldik”, deya xabar berdi Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati.
Harbiyning oʻlimi haqidagi xabar Seul KXDR askari birinchi marta Ukrainaga asirga tushganini tasdiqlaganidan bir necha soat oʻtib e'lon qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar