date
views 85

Tramp Ilon Mask uchun atalgan xabarini bexosdan e'lon qilib yubordi

Tramp Ilon Mask uchun atalgan xabarini bexosdan e'lon qilib yubordi
Foto: BILD
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ilon Mask uchun atalgan shaxsiy xabarini yanglishib oʻziga qarashli Truth Social ijtimoiy tarmogʻida e'lon qilib yubordi.

Unda shunday yozilgan: «Qaerdasan? Biz seni va X (Maskning oʻgʻli X Æ A-Xii nazarda tutilmoqda)ni sogʻindik!».

Xabarning davomida Tramp Maskni Mar-a-Lagodagi qarorgohiga yangi yil kechasiga taklif qilib, bu joyni «Koinot markazi» deb atagan.

Qolaversa, Tramp oʻz postida Bill Geyts ham bayramga kelish istagidaligini aytgan. CNN xabariga koʻra, Geyts chindan ham Tramp bilan uchrashish imkoniyatiga qiziqmoqda, ammo bu uchrashuv boʻlish-boʻlmasligi noma'lum.

Tanqidchilar Trampga saylovoldi kampaniyasida katta koʻmak koʻrsatgan Maskning Oq uyga ta'siri ehtimolidan tashvishda, biroq Tramp buni inkor etmoqda.

«Yoʻq, u prezident boʻlmaydi, chunki bu mamlakatda tugʻilmagan», — dedi Tramp Maskning asli janubiy afrikalik ekaniga ishora qilib.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Ilon Mask uchun atalgan xabarini bexosdan e'lon qilib yubordi