154
Ilhom Aliyev: “Samolyot Grozniy yaqinida tashqi ta'sir oqibatida shikastlangan va boshqaruvni yoʻqotgan”
Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Oqtovda halokatga uchragan Embraer 190 samolyoti “erdan oʻqqa tutilishi natijasida” shikastlanganini aytdi. Bu haqda prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ozarbayjon prezidentining soʻzlariga koʻra, yakuniy versiya qora qutilar ochilgandan soʻng ma'lum boʻladi. Ammo dastlabki taxminlar ham etarli darajada asoslangan va faktlarga asoslangan.
“Faktlar shundan iboratki, Ozarbayjon fuqarolik samolyoti Rossiya hududida, Grozniy shahri yaqinida tashqi ta'sir oqibatida shikastlangan va deyarli boshqaruvni yoʻqotgan. Shuningdek, bizning samolyotimiz radioelektron kurash vositalari yordamida boshqarib boʻlmaydigan holatga tushirilganini ham bilamiz. Bu samolyotga etkazilgan birinchi zarar hisoblanadi”, dedi u Ozarbayjon televideniyesiga bergan intervyusida ta'kidladi.
Prezident, shuningdek, erdan oʻt ochilgani oqibatida samolyotning dum qismi ham jiddiy shikastlanganini aytdi.
Putin Aliyevdan uzr soʻradi
29 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan suhbat chogʻida AZAL samolyoti bilan sodir boʻlgan fojiali voqea uchun uzr soʻradi.
“Vladimir Putin fojiali hodisa Rossiya havo hududida yuz bergani uchun uzr soʻradi va qurbonlarning oila a'zolariga yana bir bor chuqur hamda samimiy hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladi”, deyiladi Kreml xabarida.
Kremlning ta'kidlashicha, Ozarbayjon samolyoti Grozniy aeroportiga bir necha bor qoʻnishga uringan.
“Oʻsha vaqtda Grozniy, Mozdok va Vladikavkaz Ukraina jangovar dronlari tomonidan hujumga uchragan va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bu hujumlarni qaytargan”, deyiladi bayonotda.
Tergov qoʻmitasi tomonidan “Havo transporti harakati va harakat xavfsizligi qoidalarini buzish” moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Qozogʻistondagi aviahalokat
Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Dispetcherlar Grozniy va Maxachqal'ada qoʻnishni rad etganidan keyin layner majburiy qoʻnishni amalga oshirishga urindi. Oqtov aeroportiga bir necha kilometr qolganda u qulab tushdi, portlab, yonib ketdi.
Burun qismi toʻliq yongan, dum qismida esa omon qolganlar boʻlgan. Kamida 29 nafar tirik qolgan yoʻlovchi aynan shu qismda boʻlgan. Ular kasalxonaga olib ketilgan. Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok boʻlgan. Qulagan samolyot koʻzdan kechirilganda teshiklar aniqlangan. Shunga asoslanib, ayrim manbalar samolyotni Chechenistonga dron hujumini qaytargan havo hujumidan mudofaa tizimi oʻqqa tutgan boʻlishi mumkinligini yozgan.
Ozarbayjon deputati ham aviahalokatga Rossiya aybdorligini aytmoqda
“Samolyot Rossiya hududida, Grozniy osmonida oʻqqa tutilgan. Buni inkor etib boʻlmaydi... Buni sodir etganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi, tovon puli toʻlanishi kerak”, dedi deputat Rasim Musabekov.
Deputatning ta'kidlashicha, Rossiyada kimdir “izlarni yashirishga” urinmoqda, ammo agar uzr soʻralmasa, aybdorlar javobgarlikka tortilmasa va tovon puli toʻlanmasa, Boku va Moskva oʻrtasidagi munosabatlar “boshqa darajaga oʻtadi”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi
Manba: Kreml urush tugagach Belarusni oʻziga qoʻshib olmoqchi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti metapnevmovirus yuzasidan bayonot berdi