23:22 / 29.12.2024
335

Yangi yil kechasi Erni magnit boʻroni qoplaydi

Yangi yil kechasi Erni magnit boʻroni qoplaydi
Foto: National Science Teachers Association
Quyoshda 29 dekabr kuni X sinfidagi kuchli chaqnash sodir boʻldi. Erni 31 dekabrdan 1 yanvargacha magnit boʻronlari qoplashi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma'lum qildi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, Quyoshdagi kuchli chaqnash ertalab soat 10:18 da sodir boʻlgan. Portlash fazasi taxminan yarim soat davom etgan. Hafta davomida quyosh faolligi oshgan. Bu vaqt ichida Quyoshdagi chaqnashlar soni deyarli ikki baravar koʻpaygan, ammo X sinfidagi kuchli chaqnash 29 dekabrda kuzatilgan.

Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab besh sinfga boʻlinadi: A, B, C, M va X. Prognozlar boʻyicha 31 dekabrdan 1 yanvarga qadar magnit boʻronlari kuzatilishi kerak.

Magnit boʻroni salbiy ta'sirining eng keng tarqalgan koʻrinishlari:
- bosh aylanishi va bosh ogʻrigʻi;
- uyqu buzilishi;
- diqqatni jamlash bilan bogʻliq muammolar;
- qon bosimning buzilishi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi;
- ogʻriqlar, shuningdek, boʻgʻimlardagi ogʻriq;
- ishtaha buzilishi va koʻngil aynishi;
- holsizlik.

Bunday kunlarda organizmga yordam boʻlishi uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ratsiondan yogʻli va achchiq ovqatlarni olib tashlab, qahva miqdorini kamaytirib, koʻproq oʻsimliklardan tayyorlangan choy va suv iste'mol qilish kerak. Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit boʻroni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qoʻshadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo