Foto: Glavred
AQSh Ukrainaga yordam koʻrsatish boʻyicha muhim qarorni tayyorlamoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida ma'lum qildi.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, bugun, 30 dekabr kuni bu haqda rasman e'lon qilinadi.
“Bilaman, Amerika Ukrainaga yordam koʻrsatish boʻyicha muhim qarorni tayyorlamoqda. Rasmiy e'lonni ertaga (30 dekabr) kutyapmiz: bu bizning jangchilarimiz uchun yirik yordam paketlari boʻladi. Bu yillar davomida Ukrainani himoya qilishda ishlayotgan mexanizm”, dedi Zelenskiy.
Prezident shuningdek, e'lon qilinadigan yordam frontda barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilishini ta'kidladi. Ayniqsa, hamkorlar yordami Ukrainada koʻproq jangchilarining hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
“Biz boshqa hamkorlarimizning yordamini ham saqlab qolish uchun ishlayapmiz”, dedi prezident.
20 dekabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati yaqin kunlarda Ukrainaga 1,2 milliard dollarlik yordam paketini e'lon qilishi ma'lum boʻlgandi.
Bundan tashqari, prezident Zelenskiy AQSh tomonidan harbiy yordam etkazib berish hajmi oshganini ta'kidlagan edi. Bu qoʻllab-quvvatlash frontdagi vaziyatni muvozanatlashtirishga yordam bermoqda. Xususan, hamkorlarning yordami tufayli ukrainalik harbiylar Rossiya hujumlarining sur'atini pasaytirishga erishmoqda.
Avvalroq Rossiya tomoni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha takliflariga rozi boʻlmagani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Belgiya bosh vaziriga zaharli modda solingan maktub keldi
Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilmoqchi?
Ukraina qurolli kuchlari yollanma askarlar armiyasiga aylandi
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi