date
views 386

Mashhur onlayn doʻkonidan xaridorga archa oʻrniga tayoq keldi

Mashhur onlayn doʻkonidan xaridorga archa oʻrniga tayoq keldi
Foto: 120su
Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur boʻlgan ayol – Ledi Mildred yangi yilni tabiiy archa bilan kutib olmaslikka qaror qildi. Ayol oʻsha butun dunyoga trendga chiqqan onlayn doʻkon «Temu»ga sun'iy archa sotib olish uchun buyurtma berdi. Ammo u intiqib kutgan buyurtmasi kelganida naq aqldan ozdi. Chunki Mildredga bayram daraxti oʻrniga tayoq joʻnatilgandi – tekis va umuman novdalarsiz.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Ledi Mildredga hamdardlik bildirish bilan birga archaga bezaklarni osganida yiqilib tushgan-tushmaganiga qiziqishmoqda. Ayniqsa hammani ajablantirgan narsa shundaki, ayol hatto yonar chiroqchalar va uch dona bezaklar yordamida baxtsiz daraxtni «kiyintirgan».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur onlayn doʻkonidan xaridorga archa oʻrniga tayoq keldi