21:25 / 30.12.2024
16

Chechenistonda kriptovalyuta mayningi bilan shugʻullanuvchilar terrorchilarga tenglashtiriladi

Chechenistonda kriptovalyuta mayningi bilan shugʻullanuvchilar terrorchilarga tenglashtiriladi
Adam Delimxanov / Foto: TASS
Chechenistonda kriptovalyuta mayningi bilan shugʻullanuvchi odamlar terrorchilarga tenglashtiriladi. Bu haqda Davlat dumasi deputati va respublika rahbarining maslahatchisi Adam Delimxanov ma'lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Chechenistonda «noqonuniy mayning holatlari» aniqlangan. Delimxanovning qoʻchimcha qilishicha, «ularning aksariyati turli tuzilmalarda ishlovchi odamlarga bogʻliq». Deputat gap qaysi tuzilmalar haqidagi ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

«Rahbarimiz Ramzan Qodirov butun tuman, qishloq yoki shaharda elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradigan bunday holatlar aniqlansa, aybdorlar qattiq jazoga tortilishidan barcha aholi xabardor boʻlishini soʻramoqda. Ularning harakatlari butun jamiyatga zarar etkazayotgani bois, biz ularni terrorchilarga tenglashtiramiz», — deydi deputat.

Uning aytishicha, noqonuniy mayning boshqa insonlarning elektr energiyasi oʻgʻirlanishiga olib keladi. Chechenistonda allaqachon bu kabi holatlarni aniqlash ishlari boshlangan, ammo ular endi kuchaytiriladi.

Dekabr oxirlarida Rossiya hukumati kriptovalyuta mayningi taqiqlanadigan hududlar roʻyxatini tasdiqlagan edi. Taqiq 2025 yil 1 yanvardan 2031 yil 15 martga qadar amalda boʻladi. Roʻyxatdan Dogʻiston, Ingushetiya, Kabardin-Bolqoriya, Qorachay-Cherkesiya, Shimoliy Osetiya, Checheniston, shuningdek, Ukrainaning anneksiya qilingan hududlari — DXR va LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlari ham oʻrin olgan. Bundan tashqari, Irkutsk oblasti, Buryatiya va Baykalorti oʻlkasining ayrim hududlarida ham taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chechenistonda kriptovalyuta mayningi bilan shugʻullanuvchilar terrorchilarga tenglashtiriladi