Foto: “TASS”
Rossiyadagi noqonuniy migrantlar 30 aprelgacha mustaqil ravishda mamlakatni tark etishi yoki oʻz huquqiy holatini tartibga solishi kerak. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunni rivojlantirish maqsadida imzolagan farmonida bu haqda soʻz boradi.
Rossiyadan migratsiya rejimi boʻyicha chiqarib yuborish 2025 yil 5 fevraldan boshlab joriy etiladi. U Rossiyada qonuniy asosda boʻlish huquqiga ega boʻlmagan xorijliklarga nisbatan qoʻllaniladi. Ushbu toifaga kiruvchi barcha fuqarolar chiqarib yuborilgunga qadar yoki huquqiy holati tartibga solinguncha nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilishi shart.
Istisno holatlar
Chiqib ketish talabi qonuniy asosda qolishni istagan va quyidagi shartlarga javob beradigan xorijliklarga nisbatan qoʻllanilmaydi: biometrik ma'lumotlarni topshirgan, giyohvand moddalar va yuqumli kasalliklar boʻyicha testdan oʻtgan, rus tili, Rossiya tarixi va qonunlarini bilishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etgan, qarzlarini toʻlagan boʻlsa. Bunda patent, ishlash yoki vaqtincha hamda doimiy yashash guvohnomasini bekor qilish uchun asoslar boʻlmasligi kerak.
Urushga yollanganlarga imtiyozlar beriladi
Rossiya armiyasi yoki harbiy tuzilmalarida xizmat qilish uchun shartnoma tuzgan xorijliklar uchun imtiyozlar berilgan. Ularga nisbatan “oldin qabul qilingan deportatsiya, readmissiya, Rossiyaga kirishga ruxsat bermaslik, Rossiyada boʻlishning nomaqbulligi, vaqtincha boʻlish muddatini qisqartirish toʻgʻrisidagi qarorlar oʻz kuchini yoʻqotadi va ijro etilmaydi”.
Ma'lumot oʻrnida, Oʻzbekiston fuqarolariga chet davlatlarining harbiy xizmatiga yollanish qonunan taqiqlanadi!
Oʻzbekiston fuqarolari chet davlatlarning (shu jumladan, Rossiyaning) harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154,1-moddasiga koʻra 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar