date
views 308

Rossiyada migratsiya qoidalari rasman kuchaytirildi

Rossiyada migratsiya qoidalari rasman kuchaytirildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya qoidalarini kuchaytirish koʻzda tutilgan bir qator qonunlarni imzoladi. Unga koʻra, mehnat muhojirlari faoliyatlarini qonuniylashtirishlari talab etiladi.

Patentni rasmiylashtirish uchun quyidagilar zarur:
  • pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat va uning rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi;
  • rus tilini bilish, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari toʻgʻrisidagi hujjat;
  • ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polisi yoki pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma;
  • OIV infektsiyasi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat — 1 yil amal qiladi;
  • organizmda giyohvand moddalarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosa — 1 yil;
  • xavfli yuqumli kasalliklar yoʻqligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa — 1 yil;
  • patent, ishlashga ruxsatnoma, vaqtincha yashash, oʻqish yoki yashash guvohnomasini berishni rad etish uchun asoslar mavjud emasligi, shuningdek, boshqa talablar bajarilishi.

Farmonga koʻra, harbiy xizmatni oʻtash uchun Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan muhojirlar deportatsiya qilinmaydi. Ularga nisbatan deportatsiya, readmissiya, Rossiyaga kirishga ruxsat bermaslik, mamlakatda boʻlishni istamaslik va vaqtincha boʻlish muddatlarini qisqartirish boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlar ijro etilmaydi. Bu qoida Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid soladigan xorijliklarga nisbatan qoʻllanmaydi.

Avvalroq noqonuniy migrantlar 30 aprelgacha Rossiyadan chiqarib yuborilishi haqida xabar bergandik. Ushbu chora Rossiya Federatsiyasida qonuniy asoslarsiz boʻlib turgan xorijiy davlatlarning fuqarolariga, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan qoʻllanadi. Reyestrga xorijliklar chegarani noqonuniy kesib oʻtgan, viza yoki yashash uchun berilgan ruxsatnomasi bekor qilingan kundan boshlab kiritiladi. Tegishli hujjat Huquqiy hujjatlar rasmiy portalida e'lon qilingan.

2025 yil 5 fevraldan Rossiyada deportatsiyaning migratsiya rejimi joriy etiladi. Prezident imzolagan qonunlardan biri Ichki ishlar vazirligiga Rossiya Federatsiyasidan sud qarorisiz migrantlarni chiqarib yuborishga ruxsat beradi. Ilgari buni faqat sud va chegara xizmati amalga oshirishi mumkin edi.

Dekabr oyida aholi bilan TV orqali an'anaviy muloqoti chogʻida Putin Ichki ishlar vazirligi migratsiya siyosati uchun mas'ul boʻlishda davom etishini aytgan hamda vazirlik tarkibida migratsiya masalalari boʻyicha alohida boʻlim tashkil etishni taklif qilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo