Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi aksilrazvedka byurosi rahbari Yo In Xyon va poytaxt mudofaa qoʻmondonligi rahbari Li Jin Vu 3 dekabr kuni prezident Yun Sok Yol tomonidan e'lon qilingan harbiy holatga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Mamlakat prokuraturasi 31 dekabr kuni ikki mansabdorga nisbatan ayblov e'lon qildi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
Avvalroq sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyonga nisbatan ayblovlar ilgari surilgan edi.
Eo In Xyon oʻsha paytdagi mudofaa vaziri buyrugʻi bilan 3 dekabr kuni harbiy holat joriy etilganidan keyin parlament va Milliy saylov komissiyasiga qoʻshin yuborganlikda gumon qilinmoqda. Unga qoʻyilgan ayblovlar orasida 14 kishini, jumladan, asosiy muxolif partiyalar etakchilarini hibsga olishga buyruq berish ham kiradi.
Li Jin Vu esa parlamentga qoʻshin kiritishga buyruq berganlikda va deputatlarni hibsga olganlikda ham ayblanmoqda.
“Prokurorlar qoʻmondonlarning xatti-harakatlari konstitutsiyaviy tuzumni agʻdarishga qaratilgan tartibsizliklarni qoʻzgʻashdan iborat boʻlgan deb gumon qilmoqda”, deb yozadi Yonhap.
Avvalroq Janubiy Koreya politsiyasi mamlakatning boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va kuch tuzilmalari bilan birgalikda prezident Yun Sok Yolga nisbatan e'lon qilingan ayblov doirasida oʻz vakolatlarini suiiste'mol qilish va deputatlarning faoliyatiga toʻsqinlik qilish uchun qoʻshin yuborish va isyonga aloqadorlik kabi ayblovlar boʻyicha qoʻshma tekshiruv oʻtkazgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 3 dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilganini ma'lum qildi. Keyinchalik u parlament deputatlari qarshiligi tufayli harbiy holatni bekor qilishga rozi boʻldi. Mamlakatda harbiy holat taxminan besh soat davom etdi.
Mamlakatda harbiy holat joriy etish toʻgʻrisidagi qarori ortidan u lavozimidan vaqtincha chetlatildi. Janubiy Koreya parlamenti davlat rahbariga nisbatan impichment e'lon qilgan, bu haqdagi qarorni 204 nafar deputat ma'qullagan, 85 nafari esa qarshi ovoz bergandi.
31 dekabr kuni Janubiy Koreya sudi isyonga urinish va hokimiyatni suiiste'mol qilishda ayblanib, soʻroqqa chaqirilgan, biroq jinoyat ishi doirasida koʻrsatma berishni istamayotgan, chaqiruv qogʻozlarini olganiga qaramay, soʻroqqa bir necha bor kelmagan Yun Sok Yolni hibsga olish orderini ma'qullagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda