Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev 2024 yil mobaynida samolyotda qariyb 159 ming kilometr yoʻlni bosib oʻtdi. Bu – Er sayyorasini uning belbogʻi (ekvator) boʻylab toʻrt marta aylanib chiqishga teng masofadir.
Shu tariqa Qozogʻiston prezidenti samolyot va vertolyotda jami 245 soat 18 daqiqa vaqt oʻtkazgan. Ushbu raqamlar Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati tomonidan hozirlangan yil yakunlariga bagʻishlangan tahlillarda aks etgan.
Qayd etilishicha, Toʻqayev yil mobaynida 23 ta xorijiy tashrifni amalga oshirgan, 19 ta xalqaro forum va sammitda qatnashgan. Xalqaro tadbirlar doirasida 27 nafar prezident bilan, 84 nafar davlat, hukumat rahbarlari va boshqa yuqori martabali mas'ullar bilan muzokara oʻtkazgan.
Qozogʻiston 2024 yil mobaynida Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Oziq-ovqat xavfsizligi Islom tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi kabi tuzilmalarda raislik qilgani Ostona tashqi siyosatidagi yutuqlar sifatida qayd etilgan.
Ma'lumot oʻrnida, Qozogʻiston prezidentining Er sayyorasini toʻrt bor aylanishga teng safarlariga Oʻzbekistonga tashrif ham kiradi. Avval xabar berganimizdek, 2024 yil aprel oyida Qosim-Joʻmart Toʻqayev Xiva shahrida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati ham davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2024 yildagi tashqi siyosiy tadbirlarga, davlat va jamiyat hayotiga daxldor voqealarga boy boʻlgan serqirra faoliyatiga doir raqamlarni e'lon qilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada erkak qarzi sabab qorbobo kiyimida kelib doʻkon egasini otib oʻldirdi
Nima uchun bu mavzuni musulmonlarga taqiqlashdi?
Yahyo Sinvar arab dunyosida “Yil odami” deb topildi
Migrantlarning Rossiyaga kirishida talablar kuchaytirildi
Frantsiyadagi qamoqxonada mahbus besh kishini garovga oldi
Ramazon Temirov keyingi jangini qachon va kimga qarshi oʻtkazadi?
Zelenskiy amerikalik podkaster Fridmanga intervyu berdi
Abduqodir Husanov muxlislari uchun yoqimli xushxabar...