Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
1 yanvar, chorshanba kuni Las-Vegasda AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga tegishli Trump International Hotel mehmonxonasi oldida Tesla Cybertruck elektr pikapi portlab ketdi. Salondagi odam halok boʻldi, voqea joyida boʻlgan yana etti kishi engil tan jarohati oldi. Portlash mahalliy vaqt bilan 08.40 lar atrofida sodir boʻlgan.
Mahalliy sherif Kevin Makmexillning aytishicha, portlashdan avval elektromobil mehmonxonaga kirish joyigacha borgan va uning oldida toʻxtagan, deb yozadi The New York Times. Associated Press agentligi anonim qolishni istagan mahalliy huquq-tartibot idoralari vakillariga tayanib, Cybertruck'ga feyerverklar ortilgan boʻlganini ma'lum qildi.
Ayni paytda, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, bu voqea va yangi yil kechasida Yangi Orleanda olomonga avtomashina hujumi oʻrtasidagi bogʻliqlik versiyasi tekshirilmoqda.
Mask: Portlash sababi - pikapda emas
Elektr avtomobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi, milliarder Ilon Mask oʻzining X ijtimoiy tarmogʻida portlash haqidagi izohlar bilan bir qator postlarni chop etdi. «Tesla butun rahbariyati hozir nima boʻlganini tekshirmoqda, - deb yozgan Mask Floridada Trampning yangi yil ziyofatida qatnashganidan keyin oʻzining birinchi tvitida. - Biz hech qachon bunday narsani koʻrmaganmiz».
«Biz portlashga ijaraga olingan Cybertruck'da olib oʻtilayotgan juda katta miqdordagi feyerverk va/yoki bomba sabab boʻlganini va bu transport vositasining oʻzi bilan bogʻliq emasligini tasdiqladik», dedi tadbirkor portlash paytida undan olingan telemetriya mutlaqo normal boʻlganini ta'kidlab.
Keyingi tvitlaridan birida Mask shunday yozgan: «Yovuz ahmoqlar terrorchilik hujumi uchun notoʻgʻri mashina tanlagan. Cybertruck portlashni oʻzi qaytara olgan va uni yuqoriga yoʻnaltirgan. Hatto (mehmonxona) vestibyulining shisha eshiklari ham zarar koʻrmagan». Milliarder ushbu postga portlash oqibatlari aks etgan videoni ilova qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjeles yonmoqda: 5 kishi halok boʻlgan va zarar miqdori 50 mlrd dollardan oshdi
Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi
Trampning tahdidlariga Fransiya va Germaniya qanday munosabat bildirdi?
Telegram foydalanuvchilar ma'lumotini AQShga berishni boshladi...
Rossiya harbiy razvedkasi Afgʻonistonda AQSh askarlarini oʻldirish uchun toliblarga pul toʻlagan(mi?)
Yaponiya hukumati nega Xitoy bilan bogʻliq kiberhujumlardan xavotirga tushmoqda?
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda
Xitoy raisi nima uchun mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi?