25
Rossiyada endi politsiya migrantlar yashayotgan uylarga hech qanday ruxsatsiz kirishi mumkin
Foto: Report.az
Rossiyada politsiya xodimlari migrantlar yashaydigan uy-joy va boshqa binolarga toʻsiqsiz kirish huquqiga ega boʻladi. “TASS” xabar berishicha, tegishli normalar shu yil 5 martdan kuchga kiradigan qonunda mustahkamlangan.
Shuningdek, politsiya Rossiya Federatsiyasining davlat organlari va xorijiy davlatlarning hokimiyat organlaridan davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, shu jumladan tijorat, bank, soliq va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi ma'lumotlar va hujjatlarni soʻrashi mumkin. Bundan maqsad chet el fuqarolarining hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni qoʻlga kiritish.
5 martdan boshlab Ichki ishlar vazirligi xodimlari ham ushbu rejimda, jumladan, texnik vositalardan foydalangan holda xorij fuqarolarini kuzatib borishlari mumkin. Ushbu norma, shuningdek, chet elliklarga Rossiya Federatsiyasi hududida boʻlishda yordam koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarga ham tegishli.
Bundan tashqari, politsiya mobil qurilmalar va geolokatsiya, yuzni aniqlash tizimida ishlaydigan toʻlov tizimlari ma'lumotlaridan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Avvalroq Rossiyadagi noqonuniy migrantlar 30 aprelgacha mustaqil ravishda mamlakatni tark etishi yoki oʻz huquqiy holatini tartibga solishi kerakligi xabar qilingandi.
Rossiyadan migratsiya rejimi boʻyicha chiqarib yuborish 2025 yil 5 fevraldan boshlab joriy etiladi. U Rossiyada qonuniy asosda boʻlish huquqiga ega boʻlmagan xorijliklarga nisbatan qoʻllaniladi. Ushbu toifaga kiruvchi barcha fuqarolar chiqarib yuborilgunga qadar yoki huquqiy holati tartibga solinguncha nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
United Airlines barcha samolyotlariga Starlink internetini oʻrnatishni rejalashtirmoqda
«Oltin globus-2025» gʻoliblari aniqlandi
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen uylandi
Dragan Cheran Superligada qoladi. Uning keyingi jamoasi ma'lum boʻldi
Oʻzbekistonda dollar narxi 13 000 soʻmga chiqdi!
Makron: “AQSh Rossiyani Ukraina boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga koʻndirishi kerak”
Germaniya suriyalik qochqinlar uchun himoya maqomini bekor qiladi
Yangi Orleandagi terakt ijrochisi hujumdan oldin shaharga ikki marta kelgani ma'lum boʻldi