19:11 / 02.01.2025
62

Frantsiyada Yangi yil arafasida 984 ta mashina yoqib yuborildi

Frantsiyada Yangi yil arafasida 984 ta mashina yoqib yuborildi
Foto: “Report.az”
Yangi yil arafasida Frantsiyada mingga yaqin mashina yoqib yuborildi, politsiya 420 kishini qoʻlga oldi, ulardan 310 nafar hibsda saqlanmoqda. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Frantsiya Ichki ishlar vazirligi boʻlim boshligʻi Bruno Retayoning aniqlik kiritishicha, koʻpchilik hodisalar pirotexnika otilishi bilan bogʻliq boʻlib, ular politsiya xodimlari va oʻt oʻchiruvchilarga hujum qilishda ham qoʻllangan.

Lion shahrida ikki yoshli qizaloq aravachasiga yonib turgan pirotexnika urilishi oqibatida uning yuzi va koʻzi kuyish jarohatini olgan. Yana bir kishi petarda portlashi tufayli ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Telekanal bu voqea tafsilotlarini keltirmadi.

Politsiya bayram kunlari Parij va uning chekkasida tartibni saqlash uchun 10 mingga yaqin huquq-tartibot idoralari xodimlari safarbar etilishini ma'lum qildi.

Yangi yil bayramlarida Frantsiyada jami 90 ming nafar turli huquq-tartibot idoralarining vakillari ish olib bordi. Bruno Retayo mahalliy hokimiyat va xavfsizlik kuchlarini terrorchilik xavfi yuqori darajada davom etayotganini hisobga olib, hushyor boʻlishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo