11:16 / 03.01.2025
9

Las-Vegasda Cybertruck'ni portlatishda harbiy xizmatchi gumonlanyapti

Las-Vegasda Cybertruck'ni portlatishda harbiy xizmatchi gumonlanyapti
Foto: AFP
Joriy yil 1 yanvar kuni Donald Trampning Las-Vegasdagi mehmonxonasi oldida portlagan Tesla Cybertruck pikapi haydovchisi portlash arafasida oʻzini otib oʻldirgan. Bu haqda 3 yanvar, payshanba kuni mahalliy sherif Kevin Makmexillga tayanib, Associated Press xabar berdi.

37 yoshli Mettyu L. AQSh armiyasining "Yashil beretlari" maxsus kuchlar boʻlinmasida xizmat qilgan serjant boʻlgan. U yaqinda Germaniyaga xizmat safaridan qaytgan va ta'tilda edi. Serjant beshta «Bronza yulduzli» harbiy mukofotlari bilan taqdirlangan. Germaniyadan tashqari u xizmat yillari davomida Ukraina, Gurjiston, Tojikiston, Afgʻoniston va Kongoda xizmat safarlarida boʻlgan.

Makmexillning soʻzlariga koʻra, tergovchilar elektromobillarni zaryadlash stantsiyasidan Mettyu L. Cybertruck'ni boshqargani va uning yolgʻiz ekani koʻrsatilgan fotosuratlarni olgan.

Las-Vegasdagi Tramp mehmonxonasi yonida Tesla portladi, bir kishi halok boʻldi

1 yanvar kuni Las-Vegasda AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga tegishli Trump International Hotel mehmonxonasi oldida Tesla Cybertruck elektr pikapi portlab ketdi. Salondagi odam halok boʻldi, voqea joyida boʻlgan yana etti kishi engil tan jarohati oldi. Portlash mahalliy vaqt bilan 08.40 lar atrofida sodir boʻlgan.

Mahalliy sherif Kevin Makmexillning aytishicha, portlashdan avval elektromobil mehmonxonaga kirish joyigacha borgan va uning oldida toʻxtagan, deb yozadi The New York Times. Associated Press agentligi anonim qolishni istagan mahalliy huquq-tartibot idoralari vakillariga tayanib, Cybertruck'ga feyerverklar ortilgan boʻlganini ma'lum qildi.

Ayni paytda, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, bu voqea va yangi yil kechasida Yangi Orleanda olomonga avtomashina hujumi oʻrtasidagi bogʻliqlik versiyasi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Las-Vegasda Cybertruck'ni portlatishda harbiy xizmatchi gumonlanyapti