15:00 / 03.01.2025
24

Isroil askarlari orasida xatarli «epidemiya» tarqalmoqda

Isroil askarlari orasida xatarli «epidemiya» tarqalmoqda
Isroil armiyasi 2023 yil 7 oktyabr kuni Gʻazo sektoriga bostirib kirganidan buyon 28 nafar yahudiy harbiy xizmatchisi oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda «The Times of Israel» gazetasi Isroil armiyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Urush boshlanganidan keyin Isroil askarlari orasida oʻz joniga qasd qilish «epidemiya»si kuchayganini kuzatish mumkin. 2023 yilda 17 nafar yahudiy askari oʻzini oʻldirgan boʻlsa, 2024 yilda bu raqam 21 taga etgan. Oʻtgan yilda qayd etilgan oʻlim holatlari soʻnggi 13 yildagi eng yuqori koʻrsatkich sanaladi.

2022 yilda 14 nafar, 2021 yilda esa 11 nafar harbiy oʻz joniga qasd qilgan.

Isroil armiyasi tarqatgan ma'lumotga koʻra, Gʻazo sektorida qonli urush boshlangandan buyon isroillik minglab askarlar ruhiy beqarorlik sabab jang maydonini tark etgan.

Avval xabar berganimizdek, Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Gʻazo sektoridagi insoniy talafotlar va vayronagarchiliklar, yahudiy davlati rasmiylarining bayonotlarini oʻrganib, Isroil Falastin xalqiga nisbatan genotsid sodir etmoqda degan xulosaga kelgan.

2024 yil 21 noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Gʻazo sektorida insoniyatga qarshi va urush jinoyatlar sodir etgani uchun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order bergan. Ushbu ikki shaxsga Gʻazo sektoridagi tinch aholini yashash uchun zarur boʻlgan suv, dori-darmon, oziq-ovqat, tibbiy jihozlar, yoqilgʻi va elektr energiyasidan qasddan mahrum qilish aybi ham ilgari surilgan.

2024 yil iyun oyida BMT Isroilni bolalar huquqlarini poymol etuvchi va ularga zarar etkazuvchi davlatlar roʻyxatiga kiritgan. BMT bosh kotibining bolalar va qurolli ziddiyatlar masalalari boʻyicha maxsus vakili Virjiniya Gamba tomonidan tuzilgan hisobotda Gʻazo sektorida bolalarni oʻldirish, oʻgʻirlash, kaltaklash, shuningdek, maktab va shifoxonalarga hujum haqida soʻz boradi.

BMTning Falastinda inson huquqlari masalalari boʻyicha maxsus ma'ruzachisi Francheska Albaneze ayni paytda nafaqat Gʻazoda, balki okkupatsiya ostidagi Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda ham falastinliklar Isroilning etnik tozalash va ayirmachilik siyosati qurboni boʻlayotgani haqida bong urgan va yahudiy davlatining BMTdagi a'zoligini vaqtincha toʻxtatishni taklif qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil askarlari orasida xatarli «epidemiya» tarqalmoqda