15:50 / 03.01.2025
32

Ukraina prezidenti Zelenskiy qiyin tanlov qarshisida qolmoqda...

Ukraina prezidenti Zelenskiy qiyin tanlov qarshisida qolmoqda...
Ukraina sharqida Rossiya armiyasi bosqinchilik harakatlarini davom ettirayotgan bir paytda, Kiyev frontda kadrlar tanqisligiga duch kelmoqda. The Guardian’ning xabar berishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari harbiylarini piyoda qoʻshin sifatida jangga tashlashga majbur boʻlmoqda. Bu mamlakat armiyasi jiddiy etishmovchilikka duch kelganidan dalolat beradi.

Ma'lumotlarga koʻra, urush boshlanganidan buyon Ukraina armiyasining yoʻqotishlari katta boʻlgan. Jumladan, 80 ming nafar askar qurbon boʻlgani, 400 ming harbiy xizmatchi jarohat tufayli safni tark etgani aytilmoqda.

Urushdan charchash dezertirlik holatlarini ham keskin oshirdi. AP ma'lumotlariga koʻra, 100 mingga yaqin askar urushdan qochishda ayblangan.

Bunday qiyinchiliklar Zelenskiyni safarbarlik yoshini qayta koʻrib chiqishga majbur qiladi. Ayni damda armiya uchun yosh chegarasi 18 yoshdan boshlanishi mumkin. Ammo bu qadam Ukraina uchun ogʻriqli boʻlishi ehtimoli ham mavjud. SSSR parchalanganidan keyin tugʻilishning keskin kamayishi sababli Ukrainada 18-25 yoshli fuqarolar soni ancha kam.

Zelenskiy avvalroq safarbarlik yoshini pasaytirishga qarshi ekanligini bildirgan edi. Ammo holat uni tanlov imkoniyatisiz qoldirishi mumkin.

Frontga chaqirilgan yangi askarlarning tayyorgarlik darajasi ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. 114-hududiy mudofaa brigadasi ofitserining The Guardian nashriga aytishicha, yangi chaqirilgan 90 askardan faqat 24 nafari vazifani bajarishga tayyor, qolganlari keksa, kasal va ichishga mukkasidan ketgan boʻlgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo