Foto: Getty Images
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden oʻz jamoasi bilan Eronning yadroviy ob'ektlariga zarba berish rejasini muhokama qildi. Bu haqda uchta xabardor manbaga tayanib, Axios portali xabar berdi.
Oq uyning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan tegishli rejani prezident Baydenga taqdim etgan. Unga koʻra, agar eronliklar 20 yanvarga qadar yadro qurolini yaratish boʻyicha choralar koʻrsa, AQSh shunday javob qaytarishi mumkin. Bu hozirgacha sir boʻlib kelayotgan uchrashuvda muhokama qilingan.
Bayden bu masalada hech qanday yakuniy qaror qabul qilmagan. Muhokama razvedka ma'lumotlari bilan bogʻliq emas, balki ehtimoliy stsenariylarga asoslanadi.
"Baydenning ba'zi yordamchilari, jumladan, Sallivan shunday fikrda: agar Eronning havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketalar bilan jihozlanishi kamaysa, mintaqadagi ittifoqchilari zaiflashsa, Eronni muvaffaqiyatli nishonga olish osonlashadi. Uning javob qaytarish yoki mintaqada mojaro chiqarish xavfi esa kamayadi", deyiladi xabarda.
Hozirda Oq uyda Eron yadroviy inshootlariga qarshi ehtimoliy hujum borasida faol muhokamalar olib borilmayapti.
"Baydenning ba'zi yordamchilari ikkita tendentsiya — Eron yadro dasturining tezlashishi va Eron hamda uning ishonchli vakillarining Isroil bilan urushda zaiflashishi birgalikda Baydenni zarba berishga undashi mumkin", deb ta'kidlaydi.
Eron uzoq vaqtdan beri yadroviy qurol yaratishga intilayotganini rad etib keladi va yadro dasturi faqat fuqarolik maqsadlarida ekanini aytdi. Ammo soʻnggi oylarda Eronning bir qancha sobiq va amaldagi rasmiylari Eron yadroviy doktrinasini oʻzgartirish imkoniyati haqida ochiq gapirdi.
Eronning yadroviy dasturi Bayden prezidentligi davrida sezilarli darajada ilgariladi. Natijada Eron de-fakto “yadro chegarasidagi davlat” maqomiga ega boʻldi. Eron uranni boyitish darajasini 60 foizgacha oshirdi, bu yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan 90 foizlik darajaga yaqin. Zamonaviy Eron tsentrifugalari bilan bunga sanoqli kunlarda erishish mumkin.
Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) ma'lumotlariga koʻra, Eron toʻrtta yadroviy bomba yaratish uchun etarli miqdorda 60 foizg boyitilgan uranga ega ron bomba yaratishga qaror qilgan taqdirda ham, u yadroviy portlash qurilmasi yoki jangovar kallakni ishlab chiqishi kerak boʻladi. Isroil razvedkasi bunga kamida bir yil ketadi deb hisoblaydi.
Biroq, Amerika va Isroil rasmiylariga koʻra, oʻtgan bir yil davomida Eron olimlari yadro quroli bilan bogʻliq shubhali tadqiqotlar olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Barselona” yulduzlari shokda: Bizni aldashdi!
Vasiylik yoki homiylik qanday hollarda belgilanadi?
AQShda temiryoʻl koʻprigi poyezd harakati vaqtida qulab tushdi
Xorazmda "Qizil kitob"ga kiritilgan qushni sotayotgan shaxs qoʻlga tushdi
Jo Bayden Lionel Messini Ozodlik medali bilan mukofotladi
Yaponiyada yer yuzidagi eng keksa ayol vafot etdi
Rossiya va Ukraina tinchlik shartnomasini qachon imzolashi ma'lum qilindi
Andijonda mashina tomini teshib, unga isitish pechi oʻrnatgan shaxsga chora koʻrildi