date

Xusiylar Isroilga yirik hujum haqida e'lon qildi

Xusiylar Isroilga yirik hujum haqida e'lon qildi
Yamanning “Ansor Alloh” harakatining husiy jangarilari Tel-Aviv hududidagi elektr stantsiyasiga muvaffaqiyatli zarba berganini e'lon qildi. Bu haqda husiylar vakili Yahyo Sariya ma'lum qildi, deya xabar beradi Al-Masirah.

"Yaman qurolli kuchlari raketa bilan bogʻliq harbiy operatsiya oʻtkazib, Isroilga tegishli boʻlgan elektr stantsiyasiga "Falastin 2" gipertovushli ballistik raketasi bilan hujum qildi", — deya telekanal rasmiy vakilining soʻzlaridan iqtibos keltirgan.

Sariyaning soʻzlariga koʻra, nishon muvaffaqiyatli yoʻq qilingan. Bundan tashqari aniqlik kiritilishicha, Isroil mudofaa kuchlarining harbiy obektlaridan biriga ham uchuvchisiz uchish apparati hujumi amalga oshirilgan.

Isroil tomoni hozircha bu ma'lumotlarni izohlagani yoʻq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xusiylar Isroilga yirik hujum haqida e'lon qildi