Foto: AFP
Frantsiyaning Arl shahridagi Bush-dyu-Ron markaziy qamoqxonasida mahbus bir necha kishini garovga oldi, deb xabar beradi Liberation.
Ma'lumotlarga koʻra, jami besh kishi garovga olingan: toʻrt nafar tibbiyot xodimi va bir nafar qamoqxona ishchisi. Keyinroq shifokorlardan biri qoʻyib yuborilgan va toʻrt kishi garovda qolgan.
Garovga olinganlar haqida Frantsiya adliya vaziri Jerald Darmanen ham ma'lum qildi. Ikki soat oʻtgach, u mahbus taslim boʻlgani va hibsga olingani, jabrlanganlar yoʻqligi haqida X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasiga yozib qoldirdi. Koʻngilsiz voqeaning tafsilotlari hozircha ma'lum emas.
AFP ma'lumotlariga koʻra, mahbuslarning yonida oʻtkir tigʻli qoʻlbola jism boʻlgan. Shuningdek, agentlikning ma'lum qilishicha, 37 yoshli mahbus ruhiy buzilishdan aziyat chekib keladi. RTL’ning yozishicha, u qurol qoʻllagan holda zoʻrlash jinoyatini sodir etgani uchun jazo muddatini oʻtayotgan boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, oktyabr oxirlarida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida joylashgan Nerchinsk shahridagi 1-sonli axloq tuzatish markazidan toʻrt nafar maxbus qochib ketgandi. Federal jazoni ijro etish xizmati boshqarmasining («UFSIN») ma'lum qilishicha, ularning ikki nafari Chita va Amur oblastidan topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada erkak qarzi sabab qorbobo kiyimida kelib doʻkon egasini otib oʻldirdi
Nima uchun bu mavzuni musulmonlarga taqiqlashdi?
"Manchester Siti" oʻzbekistonlik himoyachini qoʻlga kiritadimi?
Migrantlarning Rossiyaga kirishida talablar kuchaytirildi
Apple Siri maxfiylik ishi boʻyicha 95 mln dollar toʻlashga rozi boʻldi
Ramazon Temirov keyingi jangini qachon va kimga qarshi oʻtkazadi?
Zelenskiy amerikalik podkaster Fridmanga intervyu berdi
Abduqodir Husanov muxlislari uchun yoqimli xushxabar...