Chechenistonda Imom al-Buxoriy nomidagi madrasa qurilmoqda

Chechenistonda Imom al-Buxoriy nomidagi madrasa qurilmoqda
2025 yilning birinchi kunida Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasida yangi diniy ta'lim muassasalarining qurilishiga start berildi. Respublika rahbari Ramzan Qodirov bu haqda oʻzining Telegram-kanalida ma'lum qildi.

Qodirovning ta'kidlashicha, Grozniy shahrida qurilayotgan yangi madrasa kuhna Buxoroda tavallud topgan buyuk muhaddis olim Imom Al-Buxoriy nomi bilan ataladi. Loyihaga koʻra, madrasa uch qavatli binodan iborat boʻladi va u 500 nafar oʻquvchini qabul qilish imkoniyatiga ega. Toliblarning 250 nafari yotoqxona bilan ta'minlanishi moʻljallangan.

Shuningdek, Shatoy, Achxoy-Martan va Grozniy tumanlarida ham Qur'on hofizlari tayyorlaydigan uchta yangi diniy maktab barpo etilmoqda. Qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan Ramzan Qodirov quyidagicha izoh qoldirgan:

"Yangi yilni xayrli ish bilan boshladik. Grozniyda zamonaviy madrasa qurilishiga start berildi. Bu yosh avlodni tarbiyalash va ularni islomiy bilimlarga oshno qilish yoʻlidagi muhim qadamdir"..

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar