
Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni Moskvaga kelganidan soʻng zaharlamoqchi boʻlishdi, deb xabar berdi Britaniyaning The Sun gazetasi.
«2024 yilning 30 dekabrida 59 yoshli Bashar Asadning salomatligi toʻsatdan yomonlashgan. Unda kuchli yoʻtal va boʻgʻilish holati kuzatilgan hamda shoshilinch ravishda tibbiy yordam koʻrsatilgan. Shundan soʻng uning ahvoli oʻnglangan. Bashar Asadga suiqasd qilindi deyishga asos bor, chunki tekshiruvlar uning tanasida zahar borligini koʻrsatdi», — deb yozdi The Sun nashri.
Eslatib oʻtamiz, Damashqni egallayotgan isyonchilardan qochgan Bashar Asad 2024 yil 8 dekabr kuni kechki payt Moskvaga etib kelgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar