14:14 / 06.01.2025
99

Yangi Orleandagi terakt ijrochisi hujumdan oldin shaharga ikki marta kelgani ma'lum boʻldi

Yangi Orleandagi terakt ijrochisi hujumdan oldin shaharga ikki marta kelgani ma'lum boʻldi
Foto: USA TODAY NETWORK via Reuters
Luiziana shtatining Yangi Orlean shahri markazida yangi yil kechasi odamlarga qarata mashina haydagan shaxs 2024 yil oktyabr va noyabr oylarida shaharga tashrif buyurgan va frantsuz kvartalida aqlli koʻzoynaklar yordamida video yozib olgan. Bu haqda 5 yanvar, yakshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Federal tergov byurosi (FTB) direktori yordamchisi oʻrinbosari Kristofer Raya ma'lum qildi.

«Tergovning barcha tafsilotlari va hozirda bizda mavjud boʻlgan dalillar Jabbor (AQSh fuqarosi Shamsud J.) Yangi Orleanda yolgʻiz oʻzi harakat qilganini tasdiqlaydi», dedi Raya. «Biz Qoʻshma Shtatlarda sherik borligini koʻrmadik, ammo AQShda va xorijda ehtimoliy sheriklarni qidirishda davom etamiz», — deya uning soʻzlaridan iqtibos keltirgan AP axborot agentligi.

Shols: Yangi Orleandagi odamlar koʻr-koʻrona nafrat tufayli oʻldirildi

Germaniya kansleri Olaf Shols va Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha yangi oliy vakili Kaya Kallas 1 yanvar kuni Yangi Orleandagi hujum munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

«Yangi Orleandan dahshatli xabar: bayramni nishonlayotgan baxtli odamlar koʻr-koʻrona nafrat tufayli halok boʻldi yoki yaralandi. Biz qurbonlarning oila a'zolari va yaqinlari bilan birgamiz va jabrlanganlarning barchasi tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz», deb yozgan Shols ijtimoiy tarmoqda.

«Yangi Orleanda yangi yil bayramida qasddan qilingan hujumdan chuqur qaygʻudaman. Bunday zoʻravonlik uchun hech qanday asos yoʻq. Rasmiylar tergovni davom ettirar ekan, biz ushbu fojiali davrda qurbonlar va ularning oilalari bilan toʻliq birdammiz», — deydi Kallas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo