
Politico nashri 2025 yil «qora oqqushlari» roʻyxatini taqdim etdi.
«Qora oqqushlar» — hozircha yuz bermagan, ammo amalga oshishi mumkin boʻlgan oldindan aytish qiyin va kutilmagan voqealar.
Politico nashri roʻyxati jami 15 ta prognozdan iborat, ularning ayrimlari quyida keltirilgan:
- Trampning Si Szinpin bilan ittifoqi, shuningdek, ularning Ukraina kelishuvi boʻyicha Putin bilan hamkorligi;
- Lukashenkoning agʻdarilishi;
- AQShda misli koʻrilmagan epidemiya;
- Shtatlar chegaralarining oʻzgarishi bois AQShda toʻqnashuvlar;
- Eron yadroviy quroli borasida AQSh, Rossiya, Eron va Isroil oʻrtasida maxfiy kelishuv hamda Tehron va Tel-Aviv oʻrtasidagi urushning oldi olinishi;
- Bozorlarning qulashi va global vahima;
- Janubiy Koreyaning maxfiy yadroviy qurol dasturi;
- Kutilmagan geosiyosiy ittifoqlar va oʻzgarishlar;
- Kvant hisoblashlar (kompyuterlar) sohasida ulkan sakrash;
- Tarixdagi eng yirik kiberhujum.
Yaqinda Financial Times ham 2025 yil uchun oʻz prognozlarini e'lon qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar