Foto: Getty Images
Suriyaning yangi hukumati mamlakat shimolida joylashgan Kurdiston ishchilar partiyasining (KIP) jangarilaridan qurollarini tashlashni talab qildi, deya Turkiyaning Hurriyet nashriga tayanib, TASS xabar berdi.
Damashqda KIPning Suriyadagi boʻlimi hisoblanmish — Xalq mudofaa kuchlari va Suriyaning yangi hukumati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ma'lum boʻlishicha, kurd tomoni qurollarni tashlash talabi evaziga Suriyaning yangi armiyasi tarkibida kamida bitta armiya korpusi yoki diviziyasini tashkil etish, shuningdek, mamlakat shimolidagi neft konlarini teng taqsimlashni taklif qilgan.
Biroq yangi hokimiyat KIPga qurollarini soʻzsiz tashlab qoʻyish shartini qoʻyib, bu masalani hatto muhokama qilmadi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Suriyaning yangi hukumatining asosiy ittifoqchisi boʻlgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Suriyadagi kurd kuchlarini “koʻmib yuborish” bilan tahdid qilgan edi.
“Bu jinoyatchi ayirmachilar yo qurollari bilan xayrlashadi yoki ular bilan birga Suriya tuprogʻida dafn etiladi”, degandi Turkiya rahbari.
Turkiya va KIP oʻrtasidagi ziddiyat 1984 yildan beri davom etmoqda. Turkiya rasmiylari KIPni milliy xavfsizlikka tahdid deb hisoblaydi va muntazam ravishda mamlakatdagi tarafdorlariga qarshi reydlar, Iroq va Suriya shimolidagi operatsiyalarni amalga oshiradi. Turkiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga koʻra, yil davomida qoʻshni davlatlardagi amaliyotlar natijasida 3000 dan ortiq kurd jangarilari yoʻq qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin
Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)
Bugundan boshlab Nyu-York markaziga kirish pulli boʻldi
“Boʻrilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqalar “qimirlab” qoldi
Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi
Janubiy Koreyada sodir boʻlayotgan muammolarning asl sababi nima?
Donald Tramp Jo Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi
Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video)