
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boshqa mamlakatlardagi siyosiy jarayonlarga, jumladan, Germaniyadagi muddatidan oldin oʻtkazilishi kutilayotgan parlament saylovlariga aralashmoqda.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ma'lum qildi, siyosatchining nutqi X ijtimoiy tarmogʻidagi Elisey saroyi sahifasida efirga uzatilgan.
Makron Fransiya elchilari oldidagi nutqi davomida Maskning boshqa mamlakatlardagi saylovlarga aralashuvini e'lon qildi. Siyosatchi tadbirkorni “yangi reaktsion xalqaro kuchlar”ni qoʻllab-quvvatlayotganlikda aybladi va bundan oʻn yil avval voqealarning bunday rivojlanishini tasavvur etib boʻlmasdi, deya qoʻshimcha qildi.
Ilgari Mask oʻng qanot "Germaniya uchun alternativ" partiyasining saylovlarda gʻalaba qozonishini bashorat qilgan edi. 23 fevral kuni mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlari boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, dunyoning eng boy odami boʻlgan Ilon Mask Donald Trampning AQSh prezidenti sifatida saylanishida muhim oʻrin tutgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar