
Suriyaning yangi etakchisi Abu Muhammad al-Juloniy
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron frantsuz diplomatiyasini Suriyaning yangi hokimiyatlariga nisbatan hushyor munosabatda boʻlishga chaqirdi. Bu haqida Le Figaro gazetasi xabar berdi.
“Biz Suriyada tuzum oʻzgarishiga jiddiy munosabatda boʻlishimiz kerak”, dedi Makron Fransiya 2025 yilga moʻljallangan tashqi siyosat ustuvorliklari haqidagi nutqida.
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, Fransiya Suriyani “erkin, etnik, siyosiy va diniy plyuralizmga hurmat koʻrsatadigan suveren mamlakat”ga aylanishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, prezidentning fikricha, Fransiya terrorizmga qarshi kurashayotgan “kurdlar kabi ozodlik kurashchilari”ni qoʻllab-quvvatlashga sodiq qolishi kerak.
Avvalroq Makron AQSh Ukraina mojarosini hal qilish uchun muzokaralar stoliga oʻtirishga “Rossiyani koʻndirish”ga yordam berishi kerakligini aytib oʻtgandi.
“AQSh vaziyatning tabiatini oʻzgartirish va Rossiyani muzokaralar stoliga oʻtirishga ishontirishda bizga yordam berishi kerak”, dedi Makron.
Politico nashri 2024 yilning eng omadsiz siyosatchilari roʻyxatiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni ham kiritgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar