
Foto: X/YadavAditya01
Bugun, 7 dekabr tongida Xitoyning Tibet muxtor tumanida, Nepal bilan chegara yaqinida 7,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati xabar berdi.
Zilzila epitsentri Tibetdagi ikkinchi katta shahar Shigadzedan 163 km olisda boʻlib, uning oʻchogʻi 10 km chuqurlikda joylashgan.

Foto: X/YadavAditya01
Guvohlarga koʻra, kuchli er silkinishlari Hindistonning Bixar, Assom va Gʻarbiy Bengaliya shtatlarida ham kuzatilgan. Vahimaga tushgan odamlar uylaridan yugurib chiqishgan.
Ayni paytda zilziladan jabrlanganlar va koʻrilgan talafotlar haqida ma'lumotlar tahlil qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar