Foto: Instagram / donaldjtrumpjr
Kichik Donald Tramp Daniyaga qarashli Grenlandiyaning Nuuk shahriga etib keldi – bu AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp hududni nazorat qilish istagini yana bir bor ta'kidlaganidan ikki hafta oʻtib roʻy berdi. 7 yanvar, seshanba kuni yon tomonida «Tramp» yozuvi boʻlgan Boeing 757 samolyoti aeroportga qoʻndi.
Tramp safar haqida 6 yanvar kuni Truth Social ijtimoiy tarmogʻida e'lon qildi. «Mening oʻgʻlim kichik Don va AQShning turli vakillari u erga eng ajoyib va diqqatga sazovor joylarni koʻrish uchun boradilar», deb yozdi u.
Daniya Tashqi ishlar vazirligi: Bu rasmiy tashrif emas
Daniya Tashqi ishlar vazirligi, oʻz navbatida, bu ma'lumotni e'tiborga olganini ma'lum qildi. «Bu Amerikaning rasmiy tashrifi boʻlmagani uchun Daniya Tashqi ishlar vazirligi boshqa izoh bera olmaydi», — deya ta'kidlagan idora.
Trampning partiyadoshlari Grenlandiya boʻyicha gʻoyaga shubha bilan qarayapti
Respublikachilar partiyasidan senatorlar va Vakillar palatasi a'zolari AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning Daniyaga tegishli Grenlandiya va Panama Respublikasi yurisdiktsiyasi ostidagi Panama kanalini oʻz nazoratiga olish istagi haqidagi bayonotlariga shubha bilan munosabatda boʻlishdi. Bu haqda 5 yanvar kuni Amerikaning The Hill nashri xabar berdi.
Nashr manbalariga koʻra, Tramp 2021 yilda Oq uyni tark etganidan beri bu gʻoyalar Vashingtonda jiddiy muhokama qilinmagan.
Vakillar palatasi tashqi ishlar qoʻmitasining sobiq raisi Maykl Makkol (Texas shtatidan respublikachi) qonun chiqaruvchilar Tramp oʻz prezidentligining boshidayoq Kapitoliy tepaligida xavotir uygʻotayotgan yirik tashqi siyosiy tashabbuslarni e'lon qilishiga tayyor boʻlishlari kerakligini aytdi.
Bir qator respublikachi qonun chiqaruvchilar Trampning soʻzlarini kelajakda diplomatiyani mustahkamlashi mumkin boʻlgan «muzokara» pozitsiyasi sifatida koʻrishlarini aytishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda
Xitoy raisi nima uchun mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi?
Kurskka hujum koʻlami qanday va undan maqsad nima?
Rossiya Zaporojega havo zarbalari yoʻlladi: qurbonlar bor (foto, video)
Tramp garovga olinganlar 20 yanvargacha ozod qilinmasa, HAMASga “jahannam” va'da qildi
Italiyadagi qishloqlardan birining aholisiga kasal boʻlish taqiqlandi
Rossiya Trampning Kanada va Grenlandiya haqidagi bayonotlariga qanday munosabat bildirdi?
Misrda oʻquvchilar oʻqituvchi ayolni yoqib yubordi (video)