
Foto: Videodan kadr
Misrda oʻquvchilar oʻqituvchi ayolni yoqib yubordi. Oʻqituvchi oʻquvchilar tabrigidan soʻng, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
Oʻquvchi yigit-qizlar buni ijtimoiy tarmoqlardagi trend doirasida amalga oshirib, ayolga bexosdan oʻt qoʻygan.
Ma'lumotlarga koʻra, soʻnggi oylarda ijtimoiy tarmoqlarda “oʻqituvchilar trendi” ommalashgan. Ushbu trend tartib-qoidasiga koʻra, oʻqituvchilarga shokolad va boshqa shirinliklar sovgʻa qilinadi, bu paytda ularning reaktsiyasi videoga olinadi.
Misrda mahalliy yoshlar bu trendni bir oz oʻzgartirib, oʻqituvchilarga tuxum va tovuq sovgʻa qila boshladilar. Shunday tabriklarning birida oʻquvchilar oʻqituvchini yoqib yuborishdi.
Bu voqea tasodifan sodir boʻldi. Avvaliga oʻquvchilar ayolga suyuq qor sepgan, soʻngra uni yoqib yuborishdi. Ayol olgan jarohatlari oqibatida shifoxonaga yotqizildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar