Rossiya Zaporojyega havo zarbalari yoʻlladi: qurbonlar bor (foto, video)

Foto: Zaporojye viloyat harbiy ma'muriyati
Rossiya Ukrainaning Zaporojye shahridagi sanoat korxonasiga uyushtirgan hujumi oqibatida 13 kishi halok boʻldi, oʻnlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda viloyat ma'muriyati boshligʻi Ivan Fedorov ma'lum qildi.
Soʻnggi ma'lumotlarga koʻra, 30 nafar yarador shifoxonalarga joylashtirilgan.
Avvalroq bir kishi halok boʻlgani va bir necha kishi jarohat olgani xabar qilingan edi.

Fedorov hujum oqibatlarini aks ettiruvchi fotosuratlar va videolarni e'lon qildi. Ularda halok boʻlgan va jarohat olgan odamlar, yonayotgan ma'muriy bino aks etgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham zarba oqibatlarini koʻrsatuvchi videoni e'lon qildi.
“Oddiy fuqarolar aziyat chekishini bila turib, shaharga aviabomba tashlashdan koʻra shafqatsizroq narsa yoʻq”, deb yozadi Zelenskiy.

Avvalroq Zaporojyeda havo trevogasi e'lon qilingan edi. Hozircha zarba aynan qaysi qurol turi bilan berilganligi ma'lum emas.
Rossiya harbiylari bunga izoh bermagan. Urushdan keyin rossiyalik blogerlar zarba boshqariladigan havo bombalari tomonidan berilgan deb taxmin qilishmoqda. Shuningdek, uning nishoni Zaporojyedagi eng yirik korxonalardan biri — “Motor-Sich” boʻlishi mumkinligi ta'kidlanmoqda.
Front chizigʻidan bir necha oʻn kilometr uzoqlikda joylashgan Zaporojye Rossiya zarbalarining doimiy nishoniga aylandi. Yaqinda boʻlgan zarbalardan biri, xususan, Yangi yil kechasida berilgan edi. Zarbalar oqibatida halok boʻlganlar va jarohatlanganlar bor, infratuzilma ob'yektlari vayron boʻlgan.

Izohlar 0
…