10:22 / 09.01.2025
86

Telegram foydalanuvchilar ma'lumotini AQShga berishni boshladi...

Telegram foydalanuvchilar ma'lumotini AQShga berishni boshladi...
2024 yilda Telegram messenjeri AQSh rasmiylariga 900 ta soʻrovni bajarib, 2253 nafar foydalanuvchi toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni taqdim etdi, deb yozadi 404 Media ixtisoslashtirilgan sayti Telegram Transparency Reports boti ma'lumotlariga tayanib.

1 yanvardan 30 sentyabrgacha Telegram AQShdan jami 108 foydalanuvchiga ta'sir qilgan «IP manzillar va/yoki telefon raqamlari» boʻyicha bor-yoʻgʻi 14 ta soʻrovni bajargani inobatga olinsa, bu 2024 yil avgustida Fransiyada messenjer asoschisi Pavel Durov hibsga olinganidan soʻng taqdim etilgan ma'lumotlarning katta oʻsishidan dalolat beradi, deb ta'kidlaydi 404 Media.

Ayni paytda, bot 30 sentyabrdan keyin Rossiyadan kelgan soʻrovlar boʻyicha ma'lumot bermayapti, deb yozdi The Moscow Times 8 yanvar, chorshanba kuni va kompaniya hisobotiga koʻra, Telegram 2024 yil toʻqqiz oyida Rossiya Federatsiyasidan birorta ham soʻrovni bajarmaganini ta'kidladi.

Telegram maxfiylik siyosatidagi oʻzgarishlar

Bleeping Computer ta'kidlashicha, Gʻarb davlatlari messenjerga foydalanuvchi ma'lumotlari siyosatini oʻzgartirish uchun bosim oʻtkazishdan oldin Telegram terrorizm holatlarida faqat foydalanuvchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilgan.

Biroq keyinroq Telegramʼning maxfiylik siyosati oʻzgartirildi va Durov kiberjinoyat, noqonuniy tovarlar savdosi va onlayn firibgarlik kabi jinoyatlar boʻyicha foydalanuvchilar ma'lumotlarini huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishga va'da berdi.

«Agar Telegram tegishli adliya organlaridan sizning Telegramʼning xizmat koʻrsatish shartlarini buzgan jinoiy faoliyatda gumonlanuvchi ekanligingizni tasdiqlovchi qonuniy hujjat olsa, biz soʻrovning huquqiy tahlilini oʻtkazamiz hamda sizning IP manzilingiz va telefon raqamingizni oshkor qilishimiz mumkin», deyiladi qoidalarning yangi tahririda.

Telegram asoschisi Pavel Durov 2024 yil 24 avgust kuni Fransiyada kiberjinoyat ishi boʻyicha hibsga olingan edi. U rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda va Telegramʼda etarlicha moderatsiya yoʻqligi uchun bolalar pornografiyasi, giyohvand moddalar savdosi va firibgarlikda ishtirok etganlikda ayblangan. Bir necha kundan soʻng Durov Fransiyani tark etmaslik va politsiyaga muntazam xabar berib turish sharti bilan garov evaziga qoʻyib yuborildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo