Panama kanali Foto: Anadolu Agency
Panama va Daniya AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning Panama kanali va Grenlandiya ustidan nazoratni qoʻlga kiritish tashabbusini yana rad etdi. Panamaning Atlantika va Tinch okeanlarini bogʻlovchi kanal ustidan suvereniteti «muhokama qilinmaydi va bizning sa'y-harakatlarimiz tarixining bir qismidir», dedi 7 yanvar, seshanba kuni Panama tashqi ishlar vaziri Xaver Martines-Acha.
U, shuningdek, mamlakatning bu boradagi pozitsiyasi avvalroq prezident Xose Raul Mulino tomonidan aniq bildirilganini ta'kidladi.
Frederiksen AQShning Grenlandiyani egallab olishi ehtimolini rad etdi
Oʻz navbatida, Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen AQShning Daniya tarkibidagi hudud boʻlgan va keng avtonomiya huquqlariga ega Grenlandiya ustidan nazoratni qoʻlga kiritish uchun harbiy yoki iqtisodiy choralarni qoʻllash ehtimoliga shubha bildirdi. «Grenlandiya grenlandlarga tegishli», dedi u TV 2 telekanaliga bergan intervyusida va «bu hudud sotilmaydi», deb qoʻshimcha qildi.
Frederiksen Amerika Qoʻshma Shtatlari Grenlandiyani kuch ishlatib egallab olishi stsenariysini tasavvur qila olmasligini aytdi. U, shuningdek, Qoʻshma Shtatlar Daniyaning «eng muhim va eng yaqin ittifoqchisi» ekanligini ta'kidlab, qirollik fuqarolarini xotirjam boʻlishga chaqirdi.
Donald Trampning oʻgʻli Grenlandiyaga uchib keldi
Kichik Donald Tramp Daniyaga qarashli Grenlandiyaning Nuuk shahriga etib keldi – bu AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp hududni nazorat qilish istagini yana bir bor ta'kidlaganidan ikki hafta oʻtib roʻy berdi. 7 yanvar kuni yon tomonida «Tramp» yozuvi boʻlgan Boeing 757 samolyoti aeroportga qoʻndi.
Tramp safar haqida 6 yanvar kuni Truth Social ijtimoiy tarmogʻida e'lon qildi. «Mening oʻgʻlim kichik Don va AQShning turli vakillari u erga eng ajoyib va diqqatga sazovor joylarni koʻrish uchun boradilar», deb yozdi u.
Daniya Tashqi ishlar vazirligi, oʻz navbatida, bu ma'lumotni e'tiborga olganini ma'lum qildi. «Bu Amerikaning rasmiy tashrifi boʻlmagani uchun Daniya Tashqi ishlar vazirligi boshqa izoh bera olmaydi», — deya ta'kidlagan idora. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi
Manba: Kreml urush tugagach Belarusni oʻziga qoʻshib olmoqchi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti metapnevmovirus yuzasidan bayonot berdi