29
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Foto: Business Insider
Rossiyaning samolyotlari Suriyadagi isyonchilarga hujum qilish oʻrniga boʻsh sahroni bombardimon qilgan. Eronning yuqori martabali generali Rossiyani Tehronga yolgʻon gapirganlikda aybladi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
General mayor Behruz Esbatiy Tehrondagi masjidda soʻzlagan nutqida Bashar Asad hukumatining qulashida Moskvani qisman aybladi.
“Biz magʻlubiyatga uchradik va bu juda ogʻir. Biz juda katta zarba oldik va bu qiyin ahvolga solib qoʻydi”, dedi Esbatiy Asadning qulashi haqida.
Generalga koʻra, Rossiya Asadni quvib chiqarishda boshchilik qilgan isyonchi guruh — “Hay'at Tahrir al-Shom” shtab-kvartirasiga bomba yogʻdirayotgani haqida Eronni xabardor qilgan.
“Ammo Moskva qoʻshinlari buning oʻrniga sahrolarni nishonga olgan”, dedi Esbatiy.
Bundan tashqari, generalning ta'kidlashicha, 2024 yili Isroil Suriyadagi Eron bilan bogʻliq ob'ektlarga zarba berganida, Rossiya ba'zi radarlarni oʻchirib qoʻygan va “aslida bu hujumlarni qoʻllab-quvvatlagan”.
General Asadning agʻdarilishida asosan ichki korruptsiyani ayblab, Suriyaning yuqori martabali amaldorlari va generallari orasida poraxoʻrlik keng tarqalganini aytdi.
U Damashq va Tehron oʻrtasidagi munosabatlar soʻnggi bir yil ichida keskinlashganini ta'kidladi. Bunga Asad Eronning Suriya orqali Isroilga hujumlar berish iltimosini rad etgani sabab boʻlgan.
Esbatiy Suriyada Eronning harbiy operatsiyalariga rahbarlik qilgan va oʻz harakatlarini Suriya harbiy boshliqlari va Rossiya generallari bilan muvofiqlashtirgan. Rossiya hukumati Esbatiyning ayblovlariga hozircha izoh bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)
Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishga qaror qildi
Dunyodagi eng qashshoq prezident saratondan davolanishga qarshi chiqdi