16:07 / 10.01.2025
14

Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi

Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Ukrainaga xorijiy qoʻshinlarning kiritilishi Rossiyani tinchlikka majburlashning eng yaxshi vositalaridan biridir. Bu fikrni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9 yanvar, payshanba kuni Germaniyaning Reynlandiya-Pfaltsida Ukraina boʻyicha Ramshtayn formatidagi aloqa guruhi 25-yigʻilishi chogʻida bildirdi.

«Biz hammamiz tushunamizki, bugun (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinning maqsadlari oʻzgarishsiz qolmoqda. U Ukrainani butunlay yoʻq qilmoqchi — va barchamizni, shu jumladan sizni ham sindirmoqchi. Shuning uchun bizning maqsadimiz — Rossiyani tinchlikka majburlash uchun imkon qadar koʻproq vositalarni topish, - dedi Ukraina rahbari uchrashuv boshida. - Men hamkorlar kontingentini bunday joylashtirish eng yaxshi vositalardan biri, deb hisoblayman».

Zelenskiy oʻzining Telegram-kanalida oʻtgan yilning shu kuni Fransiya «tinchlikni yanada yaqinlashtirish uchun Ukrainada hamkorlar kontingentlarini joylashtirish» gʻoyasi bilan chiqqanini esladi. Shuningdek, Kiyev Buyuk Britaniyadan bu gʻoyani qoʻllab-quvvatlovchi «signallar»ni eshitdi, deyiladi xabarda.

Aftidan, mojaro kuchayishiga qarshi boʻlganlar tomonidan bunday tashabbus tanqid qilinishini kutgan Ukraina prezidenti shunday dedi: «Rossiyaning koʻplab tahdidlari va dadil bayonotlari, ayniqsa, ukrainaliklar Kursk oblastiga kirganidan soʻng, blef boʻlib chiqdi. Ishonchim komilki, agar biz Rossiyani tinchlik sari undash uchun birgalikda harakat qilsak, ularning koʻproq tahdidlari blef boʻlib chiqadi».

Makron: Ukrainaning taslim boʻlishi na AQSh, na Evropa Ittifoqi uchun foydali emas

Rossiya tajovuzidan oʻzini himoya qilayotgan Ukrainaning taslim boʻlishi na AQShga, na Evropaga foydali boʻladi. Bunday bahoni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 6 yanvar kuni Fransiya elchilariga qilgan murojaatida bildirdi.

Shu bilan birga, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi urushni 24 soat ichida tugatishi mumkinligi haqidagi bayonotini eslatib, Fransiya davlat rahbari: «Ukrainada tez va oson echim boʻlmaydi», dedi. «Amerikaning yangi prezidentining oʻzi Ukraina magʻlub boʻlsa, Qoʻshma Shtatlarning gʻalaba qozonish imkoniyati yoʻqligini biladi» va «Ukrainaning taslim boʻlishi na yevropaliklar, na amerikaliklar uchun foydali boʻlishi mumkin emas», deya qoʻshimcha qildi u. Fransiyaning RFI media-kompaniyasi oʻz saytida Makronning soʻzlarini keltirdi.

Emmanuel Makronning fikricha, agar Ukrainaning Gʻarb ittifoqchilari bu mojarodan charchagani uchun «murosa»ga rozi boʻlishsa, Gʻarbning obroʻsiga putur etkaziladi. Ayni paytda ukrainaliklar «hududiy masalalar boʻyicha real munozaralar olib borishlari kerak», — deya ogohlantirdi Makron.

20 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasiga oz vaqt qolar ekan, koʻplab kuzatuvchilar Vashington Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordamni qisqartirishidan xavotirda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo