Foto: AP Photo
Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov “Ramshteyn” formatidagi Aloqa guruhining 25-yigʻilishida taqdim etilgan Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy strategiyasi haqida ma'lumot berdi.
“Uchrashuv davomida biz toʻrtta asosiy ustuvorlikka asoslangan strategiyamizni taqdim etdik: front chizigʻini barqarorlashtirish, Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, havo va dengiz yoʻllarini himoya qilishni kuchaytirish, bosqinchining keng koʻlamli ustunlikka erishish urinishlariga mutanosib javob berish”, deb yozadi Umerov Facebook’dagi sahifasida.
U “imkoniyatlar koalitsiyasi: aviatsiya, havo hujumidan mudofaa, dengiz imkoniyatlari, artilleriya, zirhli texnika, IT, dronlar va minalardan tozalash texnologiyalari” doirasida ishlab chiqilgan Ukraina mudofaa kuchlarini 2027 yilgacha rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlanganini aytdi.
“Biz hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qoʻydik: urushning dolzarb ehtiyojlarini qondirishdan tashqari, armiyamizning uzoq muddatli salohiyatini shakllantirish ustida ham ish olib boramiz”, deya xulosa qildi Umerov.
Siyosatchi Germaniyada boʻlib oʻtgan uchrashuvni “Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda navbatdagi bosqich boʻlgan eng muhim uchrashuvlardan biri” deb baholadi.
Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan buyon oʻtgan qariyb uch yil ichida “Ramshteyn” formatiga a'zo davlatlar tomonidan Ukrainaga xavfsizlik sohasida 145 milliard dollardan ortiq yordam ajratilgan.
Ukraina ittifoqchilarining “Ramshteyn” formatidagi 25-uchrashuvi 9 yanvar kuni Germaniyaning Reynland-Pfals shahrida joylashgan AQSh havo kuchlari harbiy bazasida boʻlib oʻtdi. Bu safar uchrashuv ikki haftadan kamroq vaqt ichida sodir boʻladigan AQSh ma'muriyati oʻzgarishi arafasida oʻtkazildi.
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatishni bir necha bor tanqid qilib, qisqa vaqt ichida Rossiya-Ukraina urushini tugatishi mumkinligini ta'kidlagan edi. AFP agentligining xabar berishicha, bu Kiyev va uning ittifoqchilarida Tramp Ukrainani Moskvaga jiddiy yon berishga majburlashi mumkinligidan xavotir uygʻotmoqda.
AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin avvalroq Kiyevga qoʻshimcha 500 million dollarlik harbiy yordam paketini e'lon qildi va Ukrainani bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlashga va'da berdi. Politico’ga koʻra, Ostinning AQSh mudofaa vaziri lavozimidan ketishi “Ramshteyn” formati doirasidagi Ukraina ittifoqchilari koalitsiyasining tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin, bu esa oʻz navbatida Kiyev uchun “zarba” boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi