06:23 / 11.01.2025
5

AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi

AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Foto: AFP
AQSh Davlat departamenti Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning safdoshi Diosdado Kabeloni hibsga olishga yordam beradigan ma'lumotlar uchun belgilangan mukofot miqdorini 25 million dollarga etkazdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

«Davlat departamenti Maduro va Diosdado Kabelloning hibsga olinishi yoki sudlanishiga olib keladigan ma'lumot uchun mukofotni 25 million dollargacha oshirmoqda», deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Bundan tashqari, Davlat departamenti Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes haqidagi ma'lumot uchun 15 million dollar mukofot joriy qildi.

Davlat departamenti, shuningdek, Maduroni qoʻllab-quvvatlagan va «Venesueladagi saylov jarayoniga putur etkazishga yordam bergan va repressiya uchun mas'ul boʻlgan» Venesuela rasmiylariga yangi viza cheklovlarini e'lon qildi.

2024 yil noyabr oyi oxirida Qoʻshma Shtatlar Venesueladagi prezidentlik saylovidan soʻng repressiyalarni amalga oshirganlikda ayblab, 21 nafar venesuelalik amaldorga nisbatan sanktsiyalar kiritgan edi.

AQSh Moliya vazirligi ma'lumotlariga koʻra, saylovdan soʻng Venesuela xavfsizlik kuchlari «demokratik muxolifat tarafdorlarini oʻzboshimchalik bilan hibsga olgan, norozilik namoyishlarini zoʻravonlik bilan bostirgan va shaxslarni tinch yigʻilish huquqidan mahrum qilgan».

2024 yil 28 iyulida Venesuelada saylov boʻlib oʻtdi. Venesuela Milliy saylov kengashi Maduro 51,2 foiz ovoz bilan saylovda gʻalaba qozonganini e'lon qildi. Muxolifat rasmiylarining aytishicha, Maduroning raqibi Edmundo Gonsales Urrutia saylovda 73 foiz ovoz bilan gʻalaba qozongan.

Venesuelada saylov natijalari e'lon qilinganidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi.

AQSh hukumati Gonsalesni prezidentlik saylovida gʻolib deb tan oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo