Foto: Getty Images
AQSh prezidentligidan ketayotgan Jo Bayden 15 yanvar kuni millatga xayrlashuv murojaati bilan chiqadi. Uning Oval kabinetdan chiqishi mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga (Toshkent vaqti bilan 16 yanvar 4:00) rejalashtirilgan, deb xabar berdi Oq uy rasmiy sayti 10 yanvar, juma kuni.
Press-relizda tafsilotlar keltirilmagan, ammo xayrlashuv nutqi AQShda lavozimini tark etayotgan prezidentlar uchun an'anaga aylangan. Shu tariqa, noyabr oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Oq uy rahbari etib saylangan Donald Tramp birinchi prezidentlik muddati yakunida xayrlashuv nutqining katta qismini oʻz ma'muriyati siyosatining muvaffaqiyatlari deb hisoblagan jihatlarga bagʻishladi. Xususan, Tramp «birorta ham urush boshlamaganini», biroq ayni paytda Xitoyga toʻqnash kelganini va «AQShning boshqa davlatlar bilan ittifoqlarini tiklaganini» aytdi.
10 yanvar kuni Jo Bayden AQSh prezidenti sifatidagi soʻnggi suhbatlaridan birini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan oʻtkazdi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Bayden «Ukraina mustaqilligini saqlab qolish va himoya qilish butun Evropa va demokratik dunyo uchun muhim» ekanini yana bir bor ta'kidladi. Uning millatga xayrlashuv murojaatda ham shu mavzuga toʻxtalishi kutilmoqda.
Avvalroq Jo Bayden AQSh etakchisi sifatida Evropa Ittifoqiga soʻnggi safarini bekor qilgandi — uning Italiyaga tashrifi 9-12 yanvar kunlariga moʻljallangan edi. Bunga Kaliforniyada davom etayotgan keng koʻlamli yongʻinlar sabab boʻldi, Baydenning oʻzi mahalliy qutqaruvchilar bilan uchrashgandan soʻng uni mintaqa tarixidagi eng dahshatlisi deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj oʻziga qoʻriqlash xizmati yollashiga kim sababchi boʻldi?
Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat: Armiyadan qochish!
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi