Foto: Reuters
Germaniyada faqat ichki xavfsizlik bilan shugʻullanadigan yangi harbiy boʻlinma tashkil etiladi. Bu haqda nemis armiyasi vakiliga tayanib, Tagesshau xabar berdi. 1 apreldan tashkil etish rejalashtirilgan ushbu diviziya tarkibidan barcha zaxira boʻlinmalar oʻrin oladi va shu orqali ular bevosita bundesvar qoʻmondonligi ostiga oʻtadi.
Qayd etilishicha, milliy xavfsizlik kuchlari keskinlik yoki mojaro vaqtida ichki infratuzilmani — portlar, temiyoʻl ob'ektlari, shuningdek, quvurlar, qoʻshinlarni joylashtirishga moʻljallangan yoʻllar, koʻpriklar, transport tugunlarini himoya qilishi kerak boʻladi.
Bunga qadar ichki xavfsizlikni ta'minlash bilan davlat qoʻmondonligi ostida boʻlgan rota va polklardan iborat bundesvar hududiy zaxiralari shugʻullangan. Ma'lumotlarga koʻra, ayni vaqtda toʻrtta polk va zaxiradagilardan tashkil topgan 37 ta ichki xavfsizlik rotasi mavjud.
Ta'kidlanishicha, bu nemis armiyasining 64 ming harbiydan iborat Germaniya quruqlikdagi qoʻshinlarini birlashtiruvchi toʻrtinchi boʻlinmasiga aylanadi. Shuningdek, undan NATOga qarshi mojarolar yuzaga kelganda kuchlarni Polsha, Litva va Estoniya kabi alyansning tashqi chegaralariga joylashtirish mumkin boʻladi.
Reutersʼning qayd etishicha, mazkur yangilik nemis diviziyalari sonini (boʻlinmalarda taxminan 20 mingdan harbiy xizmatchi bor) Germaniya Qurolli kuchlarining umumiy sonini (taxminan 180 ming) oshirmagan holda koʻpaytirish imkonini beradi. Agentlikka koʻra, ushbu qadam Berlinga hududiy mudofaa qoʻmondonliklari tuzilmasini tartibga solishda yordam beradi.
2024 yilning yozida bundesvar bosh inspektori oʻrinbosari general-leytenant Aleksandr Xoppe Germaniya zaxiradagi harbiylar sonini kamida 60 ming kishiga etkazishni rejalashtirayotgani haqida gapirgandi. Uning fikricha, zaxiradagilar xuddi sovuq urush vaqtidagidek jang maydonida qoʻshinlar oʻrnini egallashda kerak boʻladigan koʻnikmalarga oʻrgatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan