Foto: Flickr
Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ehtimoliy oʻt ochishni toʻxtatishni mustahkamlash uchun Ukrainaga qoʻshinlar yuborishni rad etdi. Bu haqda Financial Times'ga tayangan holda Daryo xabar berdi.
“Tinchlik rejasi (AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasi) paydo boʻlganda, biz uni muhokama qilamiz. Biroq chegaradosh davlatlar Ukrainaga oʻz qoʻshinlari bilan kirishi kerak boʻlgan mamlakatlar emas. Chunki men NATO doirasida mas'uliyatni keng taqsimlash va diversifikatsiya qilish lozim deb hisoblayman”, dedi vazir.
Nashrning eslatishicha, Polsha Ukrainani Rossiyadan himoya qilishda uning sodiq ittifoqchisi. Biroq mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar tarixiy kelishmovchiliklar, Ukrainaning arzon qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti va oʻz vatanini tark etgan Ukraina fuqarolarining koʻpayib borayotgan noroziligi tufayli keskinlashgan.
“Albatta, Polsha jamiyatida charchoq bor, va bu tushunarli, ayniqsa bu erda odamlar yosh ukrainalik erkaklarning eng soʻnggi mashinalarda yurishlari yoki besh yulduzli mehmonxonalarda toʻxtab qolishlarini koʻrishganda”, dedi Kosinyak-Kamish.
Ukraina va Polsha oʻrtasidagi yana bir keskinlik Polshaning MiG-29 samolyotlari zaxirasini Ukrainaga etkazib berishdan bosh tortishi boʻldi. Varshavaning soʻzlariga koʻra, ular hali ham oʻz xavfsizligi uchun kerak.
“Bir tomondan, prezident Zelenskiyni tushunaman, chunki uning vazifasi doimo koʻproq yordam soʻrashdan iborat. Biroq menimcha, u va Ukraina shuni ham esda tutishlari kerakki, boshqalar faqat kaskalar joʻnatayotgan paytda, biz tanklar yuborgandik”, deya ta'kidladi Polsha mudofaa vaziri.
Evropa ittifoqi Ukrainaga 100 minggacha harbiy yubormoqchi
Evropa davlatlari oʻt ochish toʻxtatilganidan keyin Ukrainaga 100 minggacha qoʻshin yuborishni muhokama qilmoqda. Bunda asosiy kuchlarni Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniya harbiylari tashkil etishi ehtimoli yuqori. Evropa kontingentini Ukrainaga yuborish boʻyicha muzokaralar dastlabki bosqichda. Ammo mamlakatlar oʻrtasida allaqachon kelishmovchiliklar mavjud.
Ayrim Evropa rahbarlari bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinda muzokaralar vaqti kelgani va u jang maydonidagi pozitsiyasini saqlab qolishi mumkinligi haqida taassurot uygʻotishni xohlamaydi. Parda ortida ba'zi amaldorlar Evropa ittifoqi Ukrainaga bera oladigan ehtimoliy kafolatlarni ham koʻrib chiqmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi