44
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda
Britaniyadagi kompaniyalarning yarmi yangi xodimlar yollash oʻrniga sun'iy intellektga koʻproq e'tibor qaratish niyatida. Bu haqda Boston Consulting Group (BCG) tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga tayanib Financial Times xabar berdi.
Soʻrovda ishtirok etgan top-menejerlarning 51 foizi moliya vaziri Reychel Rivzning ish beruvchilarni Davlat sugʻurta jamgʻarmasiga badallarini oshirish (ular xodimlar olayotgan maosh orqali hisoblanadi) toʻgʻrisidagi qaroridan soʻng «investitsiyalarni odamlardan sun'iy intellektga yoʻnaltirishni» rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
«Odamlar ishga yollash xarajatlari oshib borayotgan bugungi kunda sun'iy intellekt va generativ modellar ish samaradorligi nuqtai nazaridan ancha foydali ekanini tushunishni boshlamoqda», — deydi BCG boshqaruv direktori Nik Saut.
Biznes vakillari avvalroq hukumat qarorini tanqid qilib, sugʻurta badallarining oshirilishi kompaniyalar uchun qoʻshimcha koʻp milliardlik xarajatlarni keltirib chiqarishini ma'lum qilgan edi. Bunga javob tariqasida BCG’ning 57 foiz respondenti rejadagidan kamroq odamlarni yollash niyatida ekanini bildirgan.
Avvalroq Xitoy banklari xodim tanlash xarajatlarini kamaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida intervyularda sun'iy intellektga tobora koʻproq tayanayotgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Tashabbusni mamlakatning eng yirik moliya muassasalari, jumladan, Xitoy banki va XXR sanoat-tijorat banki qoʻllab-quvvatlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hind kinosi qiroli Shohrux Xon hozirgi kunda qanday koʻrinishda?
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga etib bordi
Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?