19:19 / 13.01.2025
32

Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi

Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Air Astana aviakompaniyasi apellyatsiya sudida rossiyalik 12 yoshli yoʻlovchi Zera Galiyevaga yutqazdi. Qiz aviakompaniyaning e'tiborsizligi tufayli bir oʻzi yolgʻiz Ostona aeroportida qolib ketgandi. Bu haqda Qozogʻiston OAV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2024 yil 20 iyul kuni 12 yoshli egizak qizlar Zere va Zaure Galiyevalar Ostonada toʻxtash bilan AQShdan Uralskka qaytayotgan edi. Biroq parvozga roʻyxatdan oʻtish paytida FlyArystan aviakompaniyasi (Air Astana shoʻ'ba korxonasi) xodimlari opa-singillardan faqat bittasini roʻyxatdan oʻtkazgan. Natijada bortga chiqish talonisiz qolgan Zere samolyotga qoʻyilmadi. Muammoni hal qilishga va'da bergan FlyArystan xodimlari bolani Ostona aeroportida bir oʻzini qoldirib ketishdi.

Qiz faqatgina ertasi kuni kattalar hamrohligisiz Uralskka uchib keta oldi.

Sud murojaatni koʻrib chiqish chogʻida Air Astana vakillari oʻz aybini tan oldi, biroq qizning onasidan ma'naviy zarar uchun toʻlanadigan tovon pulini 5 million tengedan (taxminan 10,5 ming dollar) 1,5 milliongacha kamaytirishni soʻradi. Sud aviakompaniyaning bu iltimosini rad etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo